1. Tashkiliy qism: Jizzax shahar Jizzax shahri, “Orzu” bolalar bog’chisidagi
“maktabga tayyorlov” guruhida mashg’ulot o’tkazish rejalashtirilgan edi. Bolalarni
jihozlangan xonaga taklif qilindi (Xona dars mavzusiga moslab o’quv materiallari
va vositalari bilan jihozlangan hamda xona to’laligicha mashg’ulot o’tkazishga
taxt qilib qo’yilgan edi). Ularga tayyorlangan joylar bo’yicha kichik guruhlar
tashkil qilindi (Bu yerda har kim o’z do’stlari bilan o’tkazishi taklifi berildi).
Tarbiyachi tomonidan mashg’ulot mazmuniga mos rasmlar va boshqa tarqatma
materiallar har bir guruh stoliga, o’zlariga mos belgilar bilan qo’yib chiqildi.
Guruhga qo’yilgan belgilar va guruh nomlari ularga tushuntirildi. Shuningdek,
mashg’ulot paytidagi tartib intizom ham tushuntirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |