iqtisodiy raqobat
bo`lib, u iqtisodiy jarayonda
yuz beradi. Undagi asosiy maqsad bozor ishtirokchilarining erkin faoliyat
sharoitini yaratish, har bir ishtirokchi o`z harakati uchun zarur muhit va holatni
ta`minlash bilan bog`liq bo`lgan kurashdan iboratdir. Har bir bozor
ishtirokchisining kerakli ishlarni boshqalarga nisbatan muvaffaqiyatli hal qilishi,
buning uchun zarur sharoitlarni oldindan va o`z vaqtida yarata olishi, doimo
ustunlikka ega bo`lishi kabilar iqtisodiy raqobat kurashining mazmunini tashkil
qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga qatnashuvchilar bir-biri uchun raqib hisoblanib, o`zaro
kurash olib boradilar. Alohida-alohida holdagi ishtirokchilarning bir-birlari
o`rtasidagi kurashi umuman bozor iqtisodiyoti bilan yakunlanadi.
Iqtisodiy raqobat kurashida qatnashuvchilar bir-birlarini shaxsan bilishlari,
tanish bo`lishlari zarur emas. Buning uchun avvalo bozor xususiyati, uning harakat
qonuniyatlarini yaxshi bilgan, sezgan holda faoliyat ko`rsatish asos bo`lib xizmat
qiladi.
5
I BOB M.PORTER USLUBIYATI VA RAQOBAT USTUNLIGI
1.1. Raqobatning besh kuch nazariyasi.
1991 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o’zining “Mamlakatlarning
raqobat ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi.
Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo muammolariga umuman yangicha
yondashuv ishlab chiqilgan. Bu yondashuvning shartlaridan biri: “Xalqaro bozorda
mamlakatlar emas, firmalar raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning o’rnini
aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday yaratishi va uni qanday
óshlab turishini tushunish talab etiladi” degan tezisdir. Tashqi bozordagi
muvaffaqiyat to’g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo’ladi.
Raqobat ustunligi strategiyasi. M. Porterning fikricha, raqobatning asosiy
birligi - bu tarmoqdir, ya’ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi va
o’zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqda firma uchun
raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta’sir etadi:
1. Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi, ya’ni raqobatning o’ziga
xosliklari.
Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir qiladi:
- yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi;
- o’rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo’lishi;
- yetkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;
- xaridorlarning savdolashish qobiliyati;
- mavjud bo’lgan raqobatchilarning o’zaro raqobati.
Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. CHunki, u bahoga,
harajatga, kapital quyilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi.
2. Firmaning tarmoqda tutgan o’rni. Firmaning tarmoqdagi o’rni, avvalo,
raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega
bo’lsa, u o’z raqiblarini ortda qoldiradi:
-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab
chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;
6
-Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira
olish qobiliyati.
Firmaning tarmoqda tutgan o’rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil –
bu firmaning o’z tarmog’i doirasida mo’ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma
maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o’zi uchun necha turdagi tovarlarni
chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat
ko’rsatishini, dunyoning qaysi joylarida o’z mahsulotini sotishini va qaysi milliy
tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida
yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga
ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba’zi bir o’ziga xos
hususiyatlarga ham ega.
M. Porter mavjud raqobatning o’ziga xosligiga ko’ra ikki turdagi tarmoqlarni
ajratadi:
1) Ko’pmilliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun aloxida mamlakatlarda
raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani
qo’llash mumkin emas. Misol uchun, jamg’arma banklari.
2) Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo’yicha yagona raqobat
maydoniga ega bo’ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini
emas, balki global raqobat usutunligini yaratish kerak bo’ladi.
M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va
undan foydalanishning ikki usulini ajratadi:
1) faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya’ni o’ziga xos hususiyatlaridan
foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko’rinishlarini
joylashtirish.
Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
-omillarning minimal qiymati;
-ITTKI ni o’tkazish uchun zarur øaroitlarning mavjudligi;
-maxsus êo’íikmalarning mavjudligi;
-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
7
2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o’z ichiga
-ma’lumot almashinuvini;
-javobgarlikni taqsimlashni;
-xatti-harakatlarni kelishishni oladi.
Raqobat ustunligining determinantlari. Har bir tarmoq doimo yangilanib va
zamonaviylashtirib ko’riladi. Bu jarayonni rag’batlantirishda asoslanuvchi
mamlakat muhim o’rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va
texnologiya strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo’lgan
ishchi kuchi mavjud mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni
shakllantiruvchi to’rt hususiyatni ko’rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta’sir
qiladigan mahalliy firmalar raqobatlashadi.
SWOT analiz va uning korxonalar faoliyatidagi roli.
Hozirgi kunda jahon miqyosida amal qilayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida
faoliyat yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini uzoqni
mo’ljallangan holda amalga oshirishini taqoza qilmoqda. Ma’lumki bozor
iqtisodiyoti tizimini to’rtta dastak - talab , taklif, narx va raqobat tartibga solib
turadi. Har bir korxona o’z mahsulotining hayotiyligini oshirish uchun ushbu
to’rtta dastakni qo’llagan holda o’rganishi juda katta ahamiyat kasb etadi . Bu
borada korxonalarda marketing hamga boshqaruv tizimi qay tarzda yo’lga
qo’yilganligi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu omillarni o’rganishda va
tahlil qilishda korxonalarda marketing faoliyati va tahlil usullaridan biri SWOT
analiz usulidan keng foydalaniladi. SWOT analiz tahlil usuli birinchi marta 1960-
yilda AQSHning Stenford Universiteti iqtisodchi olimi Albert Humphrey
tomonidan yaratilgan.
SWOT analiz - bu korxonalarning kuchli (Strengths) va kuchsiz (Weakness)
tomonlarini aniqlaydigan , shuningdek bozor imkoniyatlari (Opportunities) va
xatarlari (Threats) ni o’rganadigan yoki boshqacha qilib aytganda, korxonaning
ichki (Strengths or Weakness) va tashqi (Opportunities or Threats) omillarini
hisobga olgan holda mahsulot turlarini raqobatga bardoshligini baholaydigan tahlil
8
usulidir. Ushbu usul ayrim manbalarda matritsa usul deb ham nomlanadi, chunki
tahlil chizmasi ko’rinishi 2x2 ko’rinishdagi matritsani eslatadi.
Korxonaning kuchli tomonlari (Strengths of enterprise) - bu korxonaning
bozordagi boshqa raqobatdosh korxonalarga nisbatan ustun tomonlari yoki
kelajakda korxona uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish omillarini hisobga
oluvchi jadval ko’rsatkichidir.
Korxonaning kuchli tomonlariga quyidagi omillarni kiritish mumkin: katta
ilmiy texnik-tajribalar , zamonaviy texnologiyalar xodimlarning yuqori malakasi ,
yuqori sifatli mahsulotlar , brendning mashhurligi va boshqalar.
Korxonaning kuchsiz tomonlari (Weakness of enterprise) -bu korxona
tomonidan boshqarilishi zarur bo’lgan , lekin ularga ta’sir o’tkazish imkoniyati
mavjud bo’lmagan korxona ichki omillarni hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir.
Ushbu jadval ustuniga korxona quyidagi omillarni kiritishi kerak: balans
likvidligining pastligi, moliyaviy barqarorlikning bir maromda emasligi,
zamonaviy texnolgiyalarning mavjud emasligi, xodimlarning malakasining yuqori
emasligi va boshqalar.
Bozor imkoniyatlari (Market opportunities) - korxonaning bozordagi
faoliyatidan oladigan afzalliklarini ifodalovchi omillarni aks ettiradigan jadval
ko’rsatkichidir. Bozor imkoniyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: talabning
yuqori darajada o’sishi , raqobatchilar imkoniyatlari pasayishi , mahsulot ishlab
chiqarish texnologiyasining jadal o’zgarishi va boshqalar. SWOT analizd a faqat
bozordagi imkoniyatlar emas , balki bozordan tashqaridagi imkoniyatlar hisobga
olinadi.
Bozor xatarlari (Market threats) - bu korxona tomonidan umuman ta’sir
o’tkazish imkoniyatlari yo’q bo’lgan omillarni hisobga oluvchi jadval
ko’rsatkichidir. Bozor xatarlariga quyidagilarni kiritish mumkin: bozorga yangi
raqobatchilarning kirib kelishi, soliq stavkalarining o’sishi , iste’molchilar didining
o’zgarishi va boshqalar kiradi.
9
Quyida Swot analizga misol tariqasida dunyo bozorida elektronika sohasida
yetakchilikni anchadan beri o’zida saqlab kelayotgan Apple koorporatsiyasining
2015 yil uchun chiqqan Swot analiz jadvalini keltirib o’tamiz.
Ushbu tahlil jadvali Applening moliyaviy masalalar bo’yicha xodimi John
Dudovskiy tomonidan ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |