2.3. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom raqobat
uchun shart-sharoitning yaratilishi
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi uni harakatlantiruvchi kuchi
bo‘lgan raqobat, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ajralmas bog‘liqlikda
rivojlanib boradi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida yashayotgan
mamlakatlarda raqobat munosabatlarini rivojlantirish, tartibga solish ancha
murakkab jarayon sifatida uzoq davrlardan buyon davom etib kelmoqda. Natijada
hozirgi vaqtga kelib jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida raqobat bozor
tizimining ajralmas qismi sifatida takomillashib bormoqda. Shu munosabat bilan
respublikamizda bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi, harakatlantiruvchi kuchi
bo‘lgan raqobat nosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki
bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlarini — talab va taklif, tovar nafliligi,
33
raqobat qonunining talabini hisobga olmasdan, bozor
munosabatlarini
takomillashtirib borishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotining raqobatsiz
samarali rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat tomonidan
raqobatni rivojlantirish va tartibga solish to‘g‘risida bir
qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning bajarilishi nazorat qilib
borilmoqda. Bu esa bozorda raqobatning amal qilishi uchun shart-sharoitlar
yaratilayotganligidan darak beradi.
Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, bozorda raqobatlashuvning
kuchayib borishi bilan iqtisodiyotda monopollashuv jarayonlari ham kuchayib
borishi kuzatiladi va raqobatning cheklanishiga olib keladi. Bu holat davlat
tomonidan mamlakatda raqobat uchun shartsharoitlar yaratib berishni taqozo
qiladi. Raqobatni erkin ravishda amalga oshirishning samarali yo‘li esa davlatning
monopoliyaga
qarshi kurashi siyosatida o‘z aksini topadi. Qonunga rioya etmaslik, raqibga
zarar yetkazish kabi harakatlar uchun jazo choralari belgilangan.
Qonun buzuvchilar jarima to‘lashlari, keltirgan zararlarni qoplashlari, olgan
foydasidan mahrum etilishlari mumkin. Monopoliyaga qarshi choralarni amalga
oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarmaga respublikamizdagi
monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarni ro‘yxatga olish, ularning mahsulotlari
bo‘yicha narxlarni tartibga solib turish bo‘yicha huquqiy vakolat berildi.
Keyinchalik bu boshqarma Respublika Monopoliyaga qarshi kurash va
raqobatni rivojlantirishi davlat qo‘mitasiga aylantirildi va hozirgi vaqtda bu
qo‘mita respublikamizdagi monopol korxonalarni davlat ro‘yxatiga kiritish uchun
mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlarini
hisobga olgan holda faoliyat olib bormoqda. Ushbu davlat qo‘mitasi o‘z
vakolatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan monopoliyalarning bozordagi mavqeyini
tartibga solishda bir qator usullardan foydalanmoqda. Jumladan, birinchi usulda —
monopol mavqeyidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini
yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.
34
Masalan, qo‘mita tomonidan belgilangan mezonga ko‘ra, korxona ishlab
chiqargan mahsulotlarning muayyan bir turi bozordagi shu turdagi mahsulotning
35 % idan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopol korxona sifatida davlat ro‘yxatiga
kiritiladi va ularga qarshi choralar ko‘riladi. Agar ular oziq-ovqat tovarlari
guruhida bo‘lsa, bunday tovarlar uchun mezon 20 % darajasidan oshmasligi kerak
deb belgilangan.
Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan muhim ish — bu
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishidir. Bu Qonunga ko‘ra, bozorlarga
belgilangan
talablarga
javob
bermaydigan
tovarlarni
chiqarishga
yo‘l
qo‘ymaydigan
mexanizm
yaratildi.
Natijada
mamlakatimizdagi
tabiiy
monopoliyalar faoliyatlarini tartibga solish, ya’ni ular mahsulot va xizmatlariga
narxlar hamda tariflar darajasi, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar
turiga doir asosiy ko‘rsatkichlari belgilanadigan bo‘ldi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |