II BOB MAMLAKAT RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASH
METODIKASI.
2.1. O’zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklari.
Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat
tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda
sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan
iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar
sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar
o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital,
yersuv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat kiladilar. Ishlab
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin
namoyon bo’ladi.
Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va
arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul
birligi evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat kiladi. Arzon va sifatli
tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
Taniqli ingliz olimi M.E.Porterning tadqiqotlariga ko’ra, alohida bozordagi
raqobatning holatini beshta raqobat kuchi orqali tavsiflash mumkin:
1. Raqobatlashuvchi sotuvchilar o’rtasidagi bellashuv.
2. Bir birini o’rnini bosuvchi va narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh bo’lgan
tovarlar o’rtasidagi raqobat.
3. Yangi raqobatchilarning paydo bo’lish xavfi.
4. Mol yetkazib beruvchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo
"qobiliyatlari.
5. Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari. 3-ilovada
keltirilgan model raqobat kuchlarining strukturaviy sxemasini formulirovka qilish
va o’rganish uchun kontseptual vosita bo’lib hisoblanadi.
19
Raqobatning beshta kuchi pirovardida har bir bozor hamda uni tarkib
yurituvchi iqtisodiy birliklar amal qiluvchi sharoitlarni belgilab beradi. Har bir
kuchning holati va ularning birgalikdagi ta’siri raqobat kurashidagi konkret ishlab
chiqarish tizimi imkoniyatlarini va uning salohiyatini belgilab beradi.
Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini har tomonlama, chuqur ko’rib chiqish
zarur.
Bozordagi korxona tovarlari raqobatining bir necha turlari (funktsional
raqobat, ko’rinishi bo’yicha raqobat, predmet bo’yicha raqobat) amal qiladi.
Funktsional raqobat har qanday ehtiyojni turli vositalar orqali qondirish
mumkinligi natijasida kelib chiqadi. SHunga ko’ra, bunda qondirishni ta’minlovchi
barcha tovarlar funktsional raqobatlashuvchi xisoblanadi. Ko’rinishi bo’yicha
raqobatlashuv - bu bir maqsadga mo’ljallangan, biroq, qandaydir ahamiyatli
parametri bo’yicha farqlanuvchi tovarlarning mavjudligidan kelib chiqadi. Predmet
bo’yicha raqobatlashuv — bu firmalar tomonidan faqat tayyorlanish sifati jihatidan
farqlanuvchi bir xildagi tovarlarning ishlab chiqarilishi natijasida vujudga keladi.
SHuningdek, predmet bo’yicha raqobatlashuvni yana firmalararo raqobatlashuv
deb ham ataladi.
Raqobat holatining tahlilini quyidagi to’rtta asosiy mezondan kelib chiqqan
holda amalga oshirish mumkin:
1) sotuvchining xulq-atvori tavsifiga ko’ra:
- polisiyosiy raqobat;
- oligosiyosiy raqobat.
2) tovarning tabaqalashuvi darajasiga ko’ra:
- bir turdagi raqobat;
- bir turdagi va gomogen (tovarning tabaqalashuvisiz) raqobat;
- geterogen (tovarning tabaqalashuvi) raqobat.
3) tarmoqqa kirishning erkinlik darajasiga ko’ra:
- ochiq raqobat;
- yopiq raqobat.
20
4) qo’llanilayotgan hatti-harakatlarga ko’ra:
- narx bo’yicha raqobatlashuv;
- narxsiz raqobatlashuv.
Uz miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga — tarmoq ichidagi
raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida
ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va
oligopoliyadir.
Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo’ladi: tarmoq ichida, ya’ni bir xil
tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasidagi raqobat va tarmoqlaro, ya’ni turli
tarmoqlardagi korxonalar o’rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab
chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish
uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan
ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lgan korxonalar
borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual
(alohida) qiymati bir xil bo’lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda
ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil
etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat
unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha,
texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar
qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda
normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga
kapitallarning oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’prok foyda
keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga
olib keladi. SHu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. SHuningdek, foyda normasi
21
ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi
teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga
bo’lgan talab ular taklif kilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar
ko’tariladi, shu bilan oirga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat
ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu
muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng
foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi
tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda
normasiga «baravarlashtiradi».
Raqobatni, uning vujudga kelishi va amal qilishidagi tabiiylik, bu
jarayonlarga tashqi kuchlarning ta’sir qilish darajasidan kelib chiqqan holda ikki
asosiy guruhga mukammal va nomukammal raqobatga ajratish mumkin.
Mukammal raqobat quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi:
- bozor ichidagi resurslarning harakatchanligi;
- bozorga kirish va undan chiqishning erkinligi;
- sotuvchilar xatti-harakatining bir-biriga bog’liq bo’lmasligi;
- ishlab chiqarilgan mahsulotning bir xil ko’rinishda ekanligi;
- sotilgan mahsulot hajmi;
- narx to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lish imkoniyati.
Mukammal raqobatning yagona ko’rinishi - sof yoki erkin raqobatdir. Sof
raqobat gomogen mahsulotning savdo-sotig’i bilan shug’ullanuvchi ko’plab
sotuvchi va xaridorlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Yuqori darajada tashkil
qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Bunday sharoitda bozorda mahsulot tabaqalashuvi mavjud bo’lmay, ko’p sonli
sotuvchi va xaridorlar, erkin holda harakat qilib, bozor narxining shakllanishiga
ta’sir ko’rsata olmaydilar.
Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi. CHunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish
hajmi uncha katta bo’lmaydi. SHu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning
22
ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli
ta’sir ko’rsatmaydi.
Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda
mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi
korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini
sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar
bo’lmaydi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda «samarali raqobat» tushunchasi ham
qo’llaniladi. Samarali (real) raqobat bozorda sof raqobat yoki mukammal raqobat
sharoiti mavjud bo’lmagan holda ham undagi sotuvchi va xaridorlar bir-biriga
bog’liq bo’lmagan holda harakat qilgan chog’da vujudga keladi.
Sof raqobat, umuman olganda, raqobatning har bir shakli ham milliy
iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini
batafsil o’rganish, cheksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida,
ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko’rsatadi.
Shu sababli sof raqobatli bozorning xarakterli belgilari bilan, sof monopoliya,
monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o’rtasidagi farqlarni
ko’rsatib berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun bozorning
keying uchta modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal»
raqobat degan umumiy nomdan foydalaniladi.
Nomukammal, monopolistik raqobat XIX asrning oxiri - XX asrning
boshlarida monopoliyalarning paydo bo’lishi bilan vujudga keldi. Mazkur davr
kapitalning kontsentratsiyasi, aktsiyadorlik jamiyatlarining vujudga kelishi bilan
tavsiflanadi.
«Monopoliya» atamasi tom ma’noda tovarning yagona sotuvchisi
mavjudligini anglatadi. Biroq, hozirgi vaqtda bu atama o’zining dastlabki talqinini
yo’qotib, nomukammal raqobatga xos bo’lgan bozor holatining turli ko’rinishlarini
belgilashda foydalaniladi. Monopolistik raqobatning asosiy belgisi bo’lib yuqori
monopol narxlar va monopol foydalar hisoblanadi.
23
Monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud
mahsulot (xizmat) ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka
hukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopoliyaning mavjud bo’lish tarmoqqa kirish uchun to’siqlarning mavjud
bo’lishiga sabab bo’ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to’siqlar yangi
raqobatchilarning tarmoqqa kirishiga yo’l qo’ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun
to’siqlar har xil ko’rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
a) ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar;
b) tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to’siqlar;
v) patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar;
g) xom-ashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik;
d) g’irrom raqobat.
SHu o’rinda halol raqobatning belgilarini ham ko’rsatib o’tish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Halol raqobat:
- qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
- boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy
holatlarga barham beradi;
- qarindosh-urug’chilikni, oshna-og’aynigarchilikni, tanish- bilishlikni,
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi.
Nomukammal raqobat turlarini tahlil qilishda monopoliya sharoitida
raqobatning yana quyidagi ko’rinishlari ham farqlanadi: monopsoniya,
oligopsoniya, duopoliya, bilateral monopoliya.
Monopsoniya - muayyan tovarning yagona xaridori monopoliyasi mavjud
bo’lgan bozor tuzilmasi turi. O’z xarid hajmini cheklash orqali xaridor sotuvchi
daromadining bir qismini yo’qotish hisobiga monopol foyda olish imkoniga ega
bo’ladi.
24
Oligopsoniya - muayyan tovarning bir guruh xaridorlari mavjud bo’lgan
bozor tuzilmasi turi.
Duopoliya - muayyan tovarning faqat ikki nafar yetkazib beruvchisi mavjud
bo’lgan va ular o’rtasida narx, sotish bozorlari, ishlab chiqarish kvotasi bo’yicha
monopolistik kelishuvlar bo’lmagan sharoitdagi bozor tuzilmasi turi.
Bilateral (ikki tomonlama) monopoliya — yagona mol yetkazib beruvchi va
yagona (birlashgan) iste’molchining qarama-qarshi kurashi vujudga keluvchi bozor
tuzilmasi turi.
Raqobatlashuvning har qanday shakli narx mexanizmini qo’llashga
asoslanadi. Narxlarning shakllanishi uch tomonlama raqobatlashuv natijasida
vujudga keladi. SHunga ko’ra narx bo’yicha va narxsiz (nobahoviy) raqobatni
farqlanadi. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va
antimonopoly qonunchilik.
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lishini taqazo
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi
mumkin. SHunday ekan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq
davr davomida, o’z-o’zidan evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin
erkin raqobat muhitini tashkil qilgan.
Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Xar
bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi,
uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan
yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini
qaror topshirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQSHda davlatning xususiy
monopoliyalar faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda qabul
qilingan trestlarga qarshi qonunda(“SHerman qonuni”) o’z ifodasini topadi.
Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
25
chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal
qiladi.
Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik
asosan qo’yidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi. Birinchidan, ishlab chiqarish
(tarmoq) ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra odatda hech bir korxona
(korporatsiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini
nazorat qilishiga haqqi bo’lmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar
ishtiroqchilari boshqa korporatsiyalar aktsiyalarining ma’lum cheklangan
miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasliklari kerak. Uchinchidan, baholarni bozor
muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past tutib turishni, narx ustidan
kelishib olishni ta’qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish.
Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati, milliy iqtisodiyotida raqobat
oldidan
shakllanib
bo’lgan
mamlakatlarda
raqobatchilik
muhitini
takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni
yangidan shakllantirishga qaratiladi.
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun moliya vazirligi
tizimidan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi
tuzildi. Unga ro’yhatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti
bo’yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish xuqiqi berildi.
1996 yil 1 iyul holati bo’yicha Respublika va mahalliy bozorlar Davlat
reestrida 5153-ta mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar turi bo’yicha jami 878
korxona hisobga olingan . Respublikada monopol mavqeiga ega bo’lgan
korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlarini belgilashda jahon tajribasi
hamda o’tish davrining o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |