Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/144
Sana05.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#319931
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   144
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

 
CII 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
 
Savol beruvchi dedi: 
- Ey qutlug' jamol egasi! Molu dunyo mening ko'nglimga cheksiz muhabbat soldi. 
Unga erishmoq xayoli jonimga quvonch bag'ishlaydi, uning jaranglagan tovushini 
eshitsam, 
ko'nglim huzur topadi. Qo'limda agar bir nafas oltin-kumush bo'lmasa, meni o'sha 
zahotiyoq o'ldi deb hisoblayver. 
 
CIII 
Hudhudning javobi 
 
Hudhud unga dedi: 
— Ey haqiqatdan yiroq! Joningga pul firoq dog'ini solib qo'yibdi. Hirs jomi ko'nglingni 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
 
 
www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
56
mast aylabdi, sen bu mastlikdan yer bilan bitta bo'libsan. Kishi ham shunday so'zlarni 
aytadimi?! Axir bu haqiqiy insonlarning ishi emas-ku! Asl insonlar bu ishdan or qiladilar. 
Bu xil tuban ish bilan shug'ullanish faqat sichqonlarga yarashadi. U nihoyatda tirishib, 
yerni qazish bilan doimo tuproq ichra xoru zor umr o'tkazadi. Shum hirsi tufayli yer 
tagidan turli teshiklar kavlab, bu yomon xislatidan nihoyat ko'p mashaqqat chekadi. Shu 
tariqa doimo uy sari teshik ochadi. Ammo nogahon burchakda pisib yotgan bir mushuk 
chiqib, uni rohat qilib ovlaydi va mazza qilib ishtaha bilan etini yeb, qonini simiradi. 
Yoki yillar tuproq ichida xazinani poylab yotgan ilonga o'xshaysan. Charx buning 
evaziga unga loyiq jazo beradi, ya'ni u kishilar ko'ziga ko'ringan zahotiyoq, boshini 
yanchib tashlaydilar. 
Sening zotingda ham shunday xislat borki, ey iflos, bu bilan sen ilon yoki sichqonni 
esga keltirasan. Ularning oqibati nima bo'lgani o'zingga ma'lum. Bilgilkim, sendagi bu 
sifat yaxshi emas. 
Simu zarni sevgan odam unga qui bo'lib, uning shavqidan ajoyib mast holga tushadi. 
Yoki faraz qilki, faqat johil va nodon, mast kishigina simu zarni o'ziga but hisoblab, unga 
sig'inadi. Bunday kishini jaholat bilan islomni tark etib, do'zaxga ravona bo'lgan, deb 
aytish mumkin. U bu jahon bog'ida toki tirik ekan, o'z umrini shu yanglig' mashaqqat 
bilan o'tkazadi. Oltin-kumush uchun yuz xil hirs va shaydolik ko'rsatadi, ammo oxirida 
rasvolik bilan o'lib ketadi. 
Mayli, men seni sichqon deb atamay, balki Qorunga teng deb hisoblay; ilon 
demasdan, Faridun deb ham atay. Ammo oqibati nima bilan tugaydi? Ular nima qildilaru 
sen nima qila olarding?! Bari bir ular kabi butun boyligingni qoldirib, narigi dunyoga 
ravona bo'lasan! Shuning uchun bu behuda xayolni boshingdan chiqarib tashla! Miyangni 
ezib yotgan bu qattiq toshdan qutqar! Haqiqiy er bo'lsang, asl maqsadni ko'zlagil, 
nimaiki so'zlasang, o'shandan so'zlagil. 
Bu nomunosib ish bilan shug'ullanma, chunki undan senga zarar yetib, oxiri 
joningning zavoli bo'ladi. 
 
CIV 
Hikoyat 
 
Basra shahrida bir ochko'z kishi bor edi. U nodonlik bilan oltin-kumush yig'ishga 
mukkasidan ketgan edi. Hotam Toy
 
sahovat va karam ko'rsatishda qancha nom 
qozongan bo'lsa, u dinor va dirham yig'ishda undan mashhurroq edi. Ushbu xasis va 
pastkash kishi ko'p mashaqqat chekib bitta-bittalab kumush yig'ar edi. U katta bir 
xazina to'plagach, ularni yer tagiga ko'mdi. Bu tuban- tabiat yana shunga teng 
keladigan boylikni to'niga gir aylantirib tikib olgan edi. Yashirgan behisob oltinlari o'sha 
shum hirsli kishining ko'ziga hatto kunduz kunlari ham osmonda yaraqlagan yulduzlar 
kabi ko'rinar edi. U o'zicha, tanimga quvvatgina emas, balki jonimga sihat ham ana shu 
oltinlarim tufayli, deb o'ylardi. 
Ittifoqo, bir kuni u savdo-sotiq qilish uchun daryo sohiliga keldi. U yerda savdo qilgan 
molidan tushgan harom pullarga taom olib yedi. Shundan so'ng, qolini yuvmoqchi bo'lib 
daryo labiga engashdi. Ammo to'niga tikkan oltinlari og'irlik qilib, uni suvga tortib ketdi. 
Xasis kishi ana shu yomon fe'li tufayli daryoga cho'ka boshladi. U suvdan chiqmoqchi 
bo'lib, iztirob bilan chunon talpinar, birov kelib qutqarar, degan umidda baqirib-chaqirar 
edi. Ammo odamlar yordamga yetib kelgunga qadar u daryo tubiga cho'kib bo'ldi. 
Chunki uning oltindan bo'lgan langari behad og'ir ediki, shu sababli u suv tubida sadaf 
ichidagi gavhardek qolib ketdi. 
Uning joniga ofat yetkazgan narsa, albatta, o'zi yiqqan simu zar edi. Shuningdek


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
 
 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish