Lisonut-tayr.
Alisher Navoiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
61
CXIII
Hikoyat
Naql qiladilarki, yuksaklik cho'qqisining yulduzi, ulug' elchi Sulaymon payg'ambar
kunlardan bir kun taxt ustida dam olib o'tirar edi. Dev va parilar uning farmoniga
muntazir bo'lib turishar, olamdagi barcha maxluqot:
insonlar, yovvoyi hayvonlar va
qushlar uning xizmatida qo'l qovushtirib turardi. Bularning bariga uning farmoni nufuzli
bo'lib, barchasi uning ehsonidan umidvor edilar.
Oldida bir oqil odam xomush jim turardi. Shunday holatda payg'ambar qoshiga bir
malak uchib keldi. U osmon jallodi - jon oluvchi Azroil edi. U payg'ambarga ta'zim va
salom
bajo keltirgach, shunday arz qildi:
- Ey karamli kishilar faxri! Ilohiyot hikmati nihoyatda maxfiy bo'lib, undan aql
hayratga tushadi. Oldingda turgan mana bu aziz kishi o'lishga hukm etilgan. Umrining
ajal paymonasi to'lib, yuqoridan hukm keldi, men uning yoniga shu soat qatl tig'ini
sanchib, Hind iqlimida uning jonini olishim kerak. Ushbu ishdan bag'oyatda hayratdaman
ham
dam-badam o'zimdan vahimaga tushmoqdaman.
Azroil shu so'zlarni aytaversin, payg'ambar oldida turgan boyagi
notavon kishi kelib,
yer o'pdi va ko'z yosh to'kkan holda shunday dedi:
- Ey ulug' payg'ambar! Bugun o'z holimga behad hayronman, o'lim vahimasidan
benihoya parishonman.
Shunday bir chora qilki, men bu mamlakatda bo'lmayin, chunki ko'zim vahimadan
qorong'ulashib ketmoqda.
Shunda Sulaymon shamolga: "Uni havas qilgan joyiga olib bor! Qayerda to'xtashni
istasa, o'sha yerga qo'y va ko'nglidan xijillikni daf qil!" deb buyurdi.
Shamol uni barcha
a'zoyi badaniga g'avg'o solgancha tez uchirib olib ketdi. Boyagi kishi shamolga Hindiston
tomonga uchishni ishorat qildi va shu yerga yetgach, undan nariga o'tmadi. Va shunday
dedi: "Shu
yerda menga dam ber, chunki bu er menga yoqib qoldi". Shu so'zlarni aytib,
suvori pastga tushdi, uning tez uchuvchi oti - shamol o'z yo'lida davom etdi. Shu payt
bu yerga Azroil etib keldi va Alloh qudratiga ko'p ofarinlar aytib,
uni marhumlarga yaqin
qildi. Kimdakim shamol bilan birga yelib-yugursa ham jonini olish Azroilning ishidir.
CXIV
Yana bir qushning Hudhudga savoli
Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey zoti pok! Men umrim boricha tirishdim, ammo maqsadimga yeta olmadim.
Ko'rgan-kechirganim g'amdan iborat bo'ldi. Bu yo'ldan boruvchi dunyo mashaqqatlarini
kam tortgan xurramdil odam bo'lishi kerak. Ammo meni tirikchilik tashvishlari g'amgin
qilib qo'ygan. Jonim har doim bir g'am bilan jarohatlanadi. Qaysi ko'ngilxushligim
bilan
bu yo'lni bosib o'tay, axir? Ko'ngli xushlar boradigan joyga men bora olamanmi?
CXV
Hudhudning javobi
Hudhud unga dedi:
- Ey g'amgin tabiatli! Qismat sening zotingga g'amni bahona qilib ko'rsatishni yozibdi.
Bu vodiyni bosib o'tish uchun, shubhasiz, haqiqiy erlar g'amga yo'l ozig'i sifatida
qaraydilar.
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: