Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/144
Sana05.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#319931
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
63
Hudhud unga dedi: 
— Bu so'zlaring yaxshi, ammo bu haqda sening o'zing aytmay, balki sen haqingda 
boshqalar so'zlaganida yanada yaxshiroq bo'lar edi. Chunki doimo barhayot haq kishilar 
uchun bu yo'lda kamolotga erishmoqni nasib etgan. Kimki uning farmoniga itoat qilib, 
uni bajarsa, bu yo'lda uning martabasi ulug' bo'ladi. Kimki uning amridan bo'yin tovlasa, 
u rad etilib, uning izzatli qasridan uzoqlashtiriladi. Uning farmonini bajaruvchi esa 
kelajagi qutlug', maqbul kishi sanaladi. U amriga itoat qilishni o'z oldiga maqsad qilib 
qo'yadi va busiz bir soniya ham orom bo'lmaydi.  
Biroq har qancha itoat qilib, uning amru hukmi bilan toat-ibodat qilsa va o'zining bu 
ishi bilan faxrlanib maqtansa hamda kibru havoga berilsa, bundan joniga ofat yetadi. 
Uning ertayu kech qilgan ozu ko'p barcha toat-ibodati, boriyu yo'g'i — hammasi hech 
bo'ladi. 
Kimki o'zining qilgan ishlarini ro'kach qilmasdan, uning oldida boru yo'g'ini teng tutsa 
va manmanlikka berilmasa hamda qilgan toatlarini bir qora chaqadek deb bilsa, u kishi 
baxt-saodat ko'chasiga kiradi va o'z taqvo hamda ibodatlaridan naf topadi. Bunday kishi 
o'z toat va taqvodorligi mevasini totib, bu ish ma'nosidan bahramand bo'ladi. 
 
CXIX 
Hikoyat 
 
Alloh Odamni yaratmasdan ilgari, uning tanasiga ruh shamini kiritmasdan burun 
barcha maloikalar toat va taqvoga mju' qilib, uning odob va rusumlarini bajo keltirishar 
edi. Ularning barchasiga Azozil(Iblisning jannatdan quvilmasdan avvalgi ismi) boshliq 
edi. U bularning mushkullarini oson qiluvchi murshid edi. U haq amriga itoat qilib, necha 
ming yil toat-ibodat bilan mashg'ul bo'ldi. Uning bu borada qilgan ishlarini tavsiflashda 
nutq lol qoladi, hatto aql bilan tasavvur qilish ham amrimahol. Naql qilishlaricha, butun 
yer yuzasi va koinotdagi to'qqizta oliy falakda u notavonlik bilan sajda qilib yuz 
qo'ymagan birorta bo'sh joy qoltnagan emish. 
Alloh Odamni yaratdi va uni o'ziga ma'shuq etib, o'zi unga oshiq bo'ldi. Barcha 
insonlar ichida eng yaxshisi hisoblangan Odamga hamma maloikalar sajda qilsin deb 
buyurdi. Maloikalarga shunday amr etilgach, ular hazrati Insonga sajda qildilar. 
Biroq necha ming yil ibodat qilib, uning amri bilan taqvo va toat aylagan Azozil 
g'ururlanib, Odamni pisand etmadi va unga sajda qilishdan bosh tortdi. Shu bo’lsdan 
Alloh maloikalar to'dasi ichidan uni rad etdi. Ko'nglidan ibodat zavqini chiqarib olib
bo'yniga la'nat tasmasini bog'ladi. Uning necha ming yil qilgan ibodati zoye' bo'lib, o'zi 
haq dargohidan quvildi. 
Shuni yaxshi anglagilki, iloh bu yo'lda faqat o'zini o'ylab, manmanlikka berilishdan 
ham ortiqroq gunoh yo'q deb hisoblaydi. O'zni ko'rmoq - toatni ko'rmo'q bilan teng 
bo'lib, qilgan ishlarini ko'ngliga keltirish - minnat qilish demakdir. 
 
CXX 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
 
Yana bir savol beruvchi shunday dedi:  
- Ey sarafroz! Kimki haq yo'lida pok oshiq bo'lsa, uning foydasi nimadan iborat 
bo'ladi. Bu menga yashirin qolmoqda, shuni sharh etib bersang. Chunki men bu yo'lda 
poklikka erishdim. Ojizona sig'inib, shunga muyassar bo'ldim. 
 
 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
 
 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish