www.ziyouz.com
кутубхонаси
69
undan shu tariqa bir nafas ham ayriliqda bo'lmaganim holda, qani ayt-chi, nima uchun u
tomonga safar qilishim kerak.
CXXXIII
Hudhudning javobi
Hudhud unga shunday dedi:
— Sening bu so'zlaring quruq da'vodan iboratdir. Ularning ma'no bilan hech qanday
aloqasi yo'q. Hech bir kishi o'zini madh qilib, bunchalik lof urmagan edi. Sen shuni bilki,
oyu yil mashaqqat chekib, o'z-o'zingni muttasil maqtamoqdasan.
Sen, haq bilan bir butunman, bu uning uchun ma'qulmi yo noma'qulmi, deding.
Ammo sen bu gaplarni aytganing bilan rost gapirgan bo'lmaysan. Uning oldida qanday
holat bo'lishini ham bilmaysan. Sen bu xil quruq da'vodan lof uraverma. Toinki unga bu
so'roving hali ma'qul kelish-kelmasligi ham noma'lum. Sen nima degan bo'lsang, u
bunga e'tibor qilmaydi. U nimani lozim ko'rgan bo'lsa, shuni mo'tabar tutmoq kerak.
Agar u inoyat qilib so'zlaringni qabul qilmasa har qancha quruq gap aytganing bilan
unga kifoya qilmaydi. Bu xil bema'ni so'zlarni aytgandan ko'ra, uning lutf va ehsoniga
ko'z tikkan avlodir.
CXXXIV
Hikoyat
Shayx Boyazid Bistomiy sirlar xazinasining pokdomoni va ma'ni ahliga, mamlakati
taxtiga yirik alloma bo'lib tanilgan. U bu dunyoni tark etdi va narigi dunyoning
jannatmakon yerida bazm qurdi. Bir kun bir muridi uni tushida ko'rib, so'radi:
— Ey may ahli ichida sarxushlikda yagona bo'lgan zot! Hayot bag'ishlab, adolat
ko'rsatuvchi Alloh senga nima qildi? Bizga holingdan xabar ber. Sendan ayriliqda ko'p
alam chekdik, o'z ahvoling haqida gapirib, bizlarni tinchlantir.
Komil murshid unga shunday dedi:
— Lahad qa'ri makon bo'lgan zamon savol beruvchi maloikalar hozir bo'ldilar. Ular
mendan: "Sening yaratuvching kim va abadiy murabbiying kim?" deb so'radilar.
Men dedim: "Bu so'zni mendan so'ramang, agar savollaringizga javob bermasam,
aybga buyurmang. Yaxshisi, unga borib, so'rab ko'ring-chi, u bandalik qilishimga yo'l
berarmikan? Agar u meni o'z qulligiga qabul etsa, shuning o'zi sizlar uchun javob o'rnida
o'tadi.
Chunki siz meni dargohda banda deb anglang, iqbol va yuksaklik taxtining quli deb
biling. Agar u meni qabul etish baxtidan noumid qilsa, hajrida mudom ovoraman. Unda
meni rad etilganlar qatorida deb biling va ko'nglingiz nimani istasa, o'shani qiling!
Ular mendan o'z savollariga shunday javob olgani ondayoq yuqoridan oliy xitob keldi:
“Ey, savol beruvchilar! U mas'uliyatli so'zlar aytdi va bu bilan bizning eng yaxshi,
maqbul bandalarimizdan ekanligini isbotladi”.
Xullas, uning nuriga ko'z ravshan bo'lmaguncha, o'z demoqlik bilan rost so'z
kelmaydi".
CXXXV
Yana bir qushning Hudhudga savoli
Yana bir savol beruvchi dedi:
- Ey rafiq! Men kamolot dengizida g'arq bo'ldim. Nafsda kamolotga erishib, undan
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |