CVIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli
Yana bir savol beruvchi dedi:
- Ey tengi yo'q! Ko'nglimni bir ishq asir etdi. Agar ma'shuqam ruxsorini bir on
ko'rmasam, o'sha zahotiyoq olam ko'zimga qorong'u bolib ketadi. Usiz bir nafas ham
qarorim yo'q, dard va g'am chekmakdan boshqa ilojim yo'q. Yuziga nazzora qilish
mening maqsadimdir. Vaslini ko'rgach, ko'nglim orom topadi. U bilan shunchalik
ulfatmanki, shu sababli undan ayrilish menga mashaqqat tug'diradi. Agar uning yoqimli
ovozini eshitmasam, ruhim qushi jismim bilan vidolashadi. Ko'nglim hijronida xasta,
hayotim vasliga bog'liqdir. Undan judo bo'lsam jonimga alam yuzlanadi, tunu kun
ko'nglim
ishi
faryod chekmoq bo'lib qoladi. Bir daqiqa ham undan ayrila olmayman. Undan ayrilganim
— o’lganim! U sanam ishqin nechuk tark etay men?.. Ayrilib undan qayonga
ketgaymen?!
Do'stlaringiz bilan baham: |