Metallar va ularning qo‘llanilish sohalarini aytib bering.
Cho‘yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan shixta materiallari va ularga qo‘yilgan talablarni aytib bering.
O‘tga chidamli materiallar xili va ishlatilish joylarini aytib bering.
Domna pech, yordamchi qurilma tuzilishini va ishlash sxemasini tushuntiring.
Domna pech mahsulotlari va ishlatilish joylarini aytib bering.
Domna ishlashida kechadigan jarayonlarni aytib bering.
Domna pechi ishining texnika-iqtisodiy ко‘rsat- kichlari qanday aniqlanadi?
Po‘latlarning ishlab chiqarish usullarini aytib bering.
Yuqori sifatli po‘lat olish usullari haqida ma’lumot bering.
Mis, alyuminiy, rudalari, ulardan mis, alyuminiy, elementlarni olish usullarini aytib bering.
IKKINCHI BO‘LIM MATERIALSHUNOSLIK ASOSLARI
Bu bo‘limda konstruksion materiallarning ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi va xossalari orasidagi miqdoriy hamda sifat ко‘rsatkichlari bog‘liqligiga oid qator masalalar o‘rnatiladi.
V bob. MATERIALLARNING TUZILISHI, KRISTALLANISHI VA ALLOTROPIK SHAKL O‘ZGARISHLARI
l-§. Umumiy ma’lumot
Ma’lumki, materiallar metall va nometallarga ajratiladi. Nometall materiallarga sopol, shisha, plastmassa va boshqalar kirishib ularning atomlari fazoviy panjarada metallar singari ma’lum tartibda emas, balki tartibsiz joylanadi. Ular aniq tempe-raturada suyuqlanmaydi, qizdir- ganda avvaliga yumshab keyin suyuqlanadi. Shu boisdan ularning fizikaviy, kimyoviy, mexanikaviy va texnologik xossalari metallarnikidan farqlanadi. Metallarga kelsak, ularning turiga ko‘ra fazoviy panjaralari xili va ularda atomlarning joylanishi har xil tartibda bo‘ladi va ularda asosan quyidagi fazoviy kristall panjaralar ko‘proq uchraydi:
Hajmi markazlashgan elementar kub panjara. Bunday fazoviy kristall panjarada metall atomlarining 8 tasi kubning uchlarida, bittasi esa kub markazida joylashgan bo‘ladi (21- rasm, a). Bu xil fazoviy kristall panjara Fea, Cr, W, V, Mo, Nb, Та, Li va boshqa metallarga xosdir.
Yoqlari markazlashgan elementar kub panjarada. Bunday fazoviy kristall panjarada metall atomlarining 8 tasi kubning uchlarida va 6 tasi kub yoqlarining markazida
joylashgan bo‘ladi (21-rasm, b). Bu xil fazoviy kristall panjara FeY, Al, Cu, Pb, Au, Ag va boshqa metallarga xosdir.
Olti qirrali (geksogonal) elementar panjara. Bunday fazoviy kristall panjarada metall atomlarining 12 tasi olti qirrali prizmaning uchlarida, 2 tasi ustki va ostki asoslar markazida va 3 tasi yoqlar o‘rtasida joylashgan bo‘ladi (14-rasm, d). Bu xil fazoviy kristall panjara Zn, Cd, Mg,. Nia, Coa, Tia va boshqa metallarga xosdir. Geksogonal panjara parametrini prizma tomonini (a) va bo‘yini (s) harflar xarakterlaydi.
Elementar fazoviy panjaradagi atomga eng yaqin masofada joylashgan qo‘shni atomlar soniga koordinatsion son (K) deyiladi. Masalan, hajmi markazlashgan elementar kub panjarada K-8, yoqlari markazlashgan elementar kub panjarada K-12 ga teng bo‘ladi. К ning qiymati qancha katta bo‘lsa, atomlarning joyla- shish zichligi ham shuncha katta bo‘ladi.
rasm. Fazoviy kristall panjaralarning turlari:
a – hajmi markazlashgan elementlar kub panjara; b – yoqlari markazlashgan elementar kub panjara; d – olti qirrali (geksogonal) elementar kub panjaralar.
Masalan, K-8 bo‘lganda atomlarning joylashish zichligi 68%, K-12 bo‘lganda esa 74% dir.
Fazoviy kristall panjaraning turli kristallografik tekislik- larida atomlar zichligi turlicha bo‘lganligi uchun bu tekisliklar bo‘ylab xossalari ham har xil bo‘ladi. Metallar- ning bunday xususiyatiga anizotropiya deyiladi. Metallarda bu xususiyatni, masalan, mis monokristallida ko‘rish mumkin. Agar misning mono-kristallini olib, uning turli kristallografik tekisliklar yo‘nalishidan namunalar kesib olib, sinab ko‘rilganda, ularning cho‘zilishdagi mustahkamligi σb=146 dan 350 MPa gacha, nisbiy uzayishi δ=10-55% gacha o‘zgarishi aniqlangan.
Real metallarning kristallanishi jarayonida unda turli qo‘shimchalar borligi tufayli metall atomlarining ba’zi uchastkalarida atomlarini batartib joylanishi buziladi. Buning sabablaridan biri shundaki, ayrim atomlar energiyasi kristall panjaraning o‘rtacha energiya qiymatdan katta bo‘lib, panjara uch tugunlaridan qo‘shni atomlar o‘rniga yoki oraliqlariga o‘tadi. Natijada xossalari o‘zgaradi.
Fazoviy kristall panjaralardagi buzilishlar quyidagi xillarga ajratiladi:
Nuqtali buzilish. Bu buzilishlar kristall panjaradagi bo‘sh joylarga qo‘shni element atomlari yoki boshqa qo‘shimcha element atomlarining joylashishi tufayli hosil bo‘ladi.
Chiziqli buzilish. Bu buzilishlar nuqtali buzilishlarning zanjiridan hosil bo‘ladi. Bunday buzilish metallarga termomexanik ishlov berishda yuzaga keladi.
Sirt buzilish. Bu xil buzilishlar ko‘pincha metall sirtida sodir bo‘lib, nuqtali va chiziqli buzilishlarning qo‘shilishi- dan hosil bo‘ladi.
Fazoviy kristall panjarada buzilishlar qancha kam bo‘lsa, ular shuncha ideal tuzilishga yaqin bo‘ladi.
Agar ideal (absolyut sof) temirning cho‘zilishga mustah- kamligini (σb) atomlararo tortishish kuchlari orqali hisoblasak, u 2500–3000 MPa atrofida bo‘lsa, real, texnik
temirning cho‘zilishga mustahkamligi 250–300 MPa bo‘ladi. 15-rasmda metallarning fazoviy kristall panjara buzilish darajasi (ρ) ga bog‘liq holda cho‘zilishga mustahkamligi (σb)
ning o‘zgarish grafigi tasvirlangan.
Grafikdan ko‘rinadiki, p orta borib, pk qiymatga qadar ab ning qiymati kamaya boradi. So‘ngra orta boshlaydi.
rasm. Fazoviy kristall panjara buzilish darajasi (ρ)ga ko‘ra cho‘zilishga mustahkamligi (σb)ning o‘zgarishi:
1 – nazariy mustahkamlik; 2 – juda ingichka tolaning mustahkamligi; 3 – yumshatilgandagi mustahkamlik; 4 – termik, termomexanik ishlovdan keyingi mustahkamlik.
Buning boisi shundaki, buzilish darajasining ρk qiymatga yetgandan keyin ortib borishida bir-biriga parallel dislo- katsiyalargina emas, balki turli tekisliklarda ham buzilishlar sodir bo‘lib, ular bir-birining siljishiga qarshilik ko‘rsatib metallning cho‘zilishga mustahkamligi birmuncha ortadi. Bu hol metallarga termik hamda termomexanik ishlov berish jarayonida ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |