Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc



Download 3,39 Mb.
bet20/102
Sana25.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#702768
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2) iskasndar

Birinchi bosqich. Bu bosqichda konvertorga hayda- layotgan havo kislorodi temir sulfidlarini oksidlaydi va hosil bo‘lgan temir (Il) oksid kvars (qumtuproq) bilan birikib shlak hosil qiladi:
2FeS+3O2 = 2FeO + 2SO2 + Q
2FeO+2SiO2=2FeOSiO2+Q.
Jarayonda ajralayotgan shlak yig‘ilishi bilan konvertor og‘zidan kovshga chiqariladi. Konvertorga esa yangi shteyn va flyus kiritiladi. Birinchi bosqichda temir sulfidining oksidlanishi va shlak ajralishi bilan shteyn temirdan deyarli tozalanadi.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda konvertordagi mis sulfid haydalayotgan havo kislorodi va Cu2O bilan reaksiyaga kirishib misni qaytaradi:
2Cu2S + 30, = 2Cu2O + 2SO2 + Q Cu2S + 2Cu2O = 6Cu + S02 - Q.
Bu bosqich 2–3 soat davom etadi. Olingan misda 0,03– 0,8% S, 0,03–0,1% Fe, 0,3–0,5% N2, 0,1 % gacha O2, juda
oz miqdorda Rv, Ag, Au va boshqa qo‘shimchalar bo‘lgani uchun bunday mis xomaki mis deyiladi. Konvertordan ajralayotgan gazlarda 12–17% SO2 bo‘lgani uchun uni changdan tozalab, sulfat kislota olishda foydalaniladi.
Xomaki misni rafinirlash. Agar xomaki misning tarkibida juda oz miqdorda Au, Ag kabi nodir metallar bo‘lsa, olinadigan metalldan begona qo‘shimchalar miqdoriga u qadar katta talablar qo‘yilmasa, alangali pechlarda havo haydab rafinirlanadi. Bunda pechga kiritilgan xomaki mis suyultirilgach, unga diametri 20–40 mm li o‘tga chidamli
material bilan qoplangan po‘lat traba tushirilib, u orqali metall sathiga 0,2 MPa (2 atm) bosimda havo haydaladi. Havo kislorodi ta’sirida 4[Cu]+02=(2Cu20) hosil bo‘ladi hamda metalldagi qo‘shimchalar Al, Si, Mn, Zn, Sn, Fe, Ni, Rb, S, Sb, As, Vi lar ham oksidlanadi: [Me] + [Su2O] = [MeO] + 2Cu; bir vaqtda Cu2S + 2Cu2O = 6Cu + SO2 reaksiya ham boradi.
Hosil bo‘layotgan oksidlarning bir qismi Sb2O3, RbO, ZnO pech gazlari bilan atmosferaga chiqib ketsa, boshqalari A12O3, SiO2, Fe2O3 shlakka o‘tadi. Bunda Ag va Au oksidlanmay, qaytarilgan mis tarkibida bo‘ladi.
Begona jinslarni oksidlanish davri tugagach, metallni gazlardan tozalash uchun shlak pechdan chiqarilib, metall vannaga ma’lum miqdorda pista ko‘mir kukuni (metall oksidlanmasligi uchun) kiritiladi.
Keyin diametri 200–300 mm.li uzun ho‘l qayin yoki qayrag‘och tayoq tushirilib aralashtiriladi.
(Yog‘och tayoq o‘rniga tabiiy gazdan yoki boshqa qaytaruvchilardan ham foydalanish mumkin). Ajralayotgan uglevodorodlar va suv bug‘lari mis oksiddan misni qaytarib, oltingugurt va boshqa gazlardan tozalanadi:
4Cu2O + CH4 = 8Cu + CO2 + 2H2O.
Misni elektrolitik rafinirlash. Bunda juda toza mis olish bilan birga uning tarkibidagi nodir metallar (Au, Ag va boshqalar) ham ajratiladi. Bu jarayon ichki devori qo‘rg‘oshin list yoki viniplast bilan qoplangan yog‘och yoki beton vannalarda olib boriladi. Elektrolit esa mis kupo- rosining suvdagi 12–15% li eritmasi (CuSO4-5H2O) ga 10– 15% li sulfat kislota (H2SO4) aralashmasi qo‘shib tayyor- lanadi. Anod sifatida o‘lchami lxl m va qalinligi 50 mm.li xomaki mis plastinkalardan, katod sifatida esa qalinligi 0,5– 0,7 mm.li elektrolitik toza mis plastinkalardan foyda- laniladi. Anodlar soni vannaning hajmiga qarab 20 dan 50

tagacha bo‘lishi mumkin.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish