Pechni ishga tushirish. Dastavval pechga shixta materiallari yuklanib unga elektrodlar tushirilib, transfor- matordan egiluvchi mis kabellar orqali hajmiga qarab kuchlanishi 100–600 voltli 1–10 kA tok yuboriladida, elektrodlar bilan shixtaning metall qismi orasida elektr yoy hosil qilinadi. Yoy issiqligi ta’sirida shixta qizib eriydi. Shuni qayd etish lozimki, grafit elektrod yongan sari yoy uzunligi rostlanadi. (Zarur bo‘lsa, yangi elektrodlar rezba hisobiga burab uzaytiriladi). Shixtaning tozalik darajasiga ko‘ra jarayon quyidagi usullarda olib boriladi:
Qo‘shimchalarni to‘la oksidlash yo‘li bilan po‘lat olish Bu usulda olingan po‘lat, tarkibida zararli qo‘shimchalari ko‘proq bo‘lgan arzon shixta materiallar (88– 90% gacha po‘lat chiqindilari, 7–8% gacha qayta ishlana- digan cho‘yan hamda 2–3% elektrod siniqlari va 2–3%
ohaktosh)dan iborat bo‘ladi. Pechdagi jarayonni quyidagicha bosqichlarga ajratish mumkin:
Shixta materiallarni pechga yuklash. Pechning avvalgi suyuqlantirishda shikastlangan joylari bo‘lsa, ular yamalib tuzatilgach, dastlab mayda, keyin esa yirik temir-tersak chiqindilari, qayta ishlanadigan cho‘yan va ohaktosh kiritiladi.
Shixta materiallarini suyuqlantirish. Shixtaning metall bo‘laklari ustiga elektrodlar tushirib rostlan-gach, tok zanjiriga ulanib elektr yoyi hosil qilinadi (ko‘pincha yoyning barqaror yonishi uchun har bir elektrod tagiga yirik koks bo‘lakchalari qo‘yiladi). Yoy atrofida hosil bo‘lgan yuqori temperaturali zona ta’sirida shixta materiallari qisqa vaqt ichida suyuqlanadi.
Qo‘shimchalarning oksidlanishi va shlakning ajralishi. Shixta materiallarning suyuqlanish vaqtida temir ruda va pech atmosferasi kislorodi hisobiga avval Fe oksidlanib, hosil bo‘lgan FeO metalli vannada erib, ajralayotgan kislorod Si, P, Mn va С ni oksidlay boshlaydi. Hosil bo‘lgan oksidlar (SiO2, P2O5) FeO va MnO lar bilan birikib, shlak hosil qiladi. Odatda shlakda 15–20% FeO va 40–50% CaO bo‘ladi.
Yuqori temperaturada shlakdagi temirning fosforli (FeO)3-R205 birikmasi parchalanadi. Ajralib chiqqan P2O5 dan fosfor uglerod bilan qaytarilib, yana metall vannaga o‘tib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun hali pech temperaturasi u qadar ko‘tarilmasdanoq shlakni pechdan chiqarish yoki uni shlakda barqaror birikma holida saqlash uchun pechga ko‘proq ohaktosh kiritish lozim. Po‘lat kutilgan tarkibga yaqinlashishi bilanoq birlamchi shlak pechdan chiqarilib ikkilamchi muhim bosqich, ya’ni uglerod oksidlana boshlaydi. Vannada oksidla-nayotgan metalldan ajralayotgan CO gazi suyuq metallni shiddat bilan
aralashtirib, uni gazlar va nometall qo‘shimchalardan toza- laydi. Agar olingan namuna spektral analiz qilinganda uning tarkibida fosfor miqdori belgilangandan ortiq bo‘lsa, ikkilamchi shlak ham pechdan chiqarilib vannaga ma’lum miqdorda yana ohaktosh kiritiladi.
Ko‘pincha ikkilamchi, uchlamchi shlak pechdan chiqa- rilgach metalldagi fosfor miqdori 0,01% gacha kamayadi.
Agar metallni qisman uglerodga to‘yintirish zarur bo‘lsa, vannaga ma’lum miqdorda elektrod parchalari, koks va ba’zan pista ko‘mirda suyuqlantirilgan toza cho‘yan kiritilib, pech darchalari bir necha daqiqa berkitilib uglerod miqdori kutilgan darajaga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |