§. Marten pechlarida po‘lat ishlab chiqarish usullari
Bu usul XIX asrning ikkinchi yarmida yaratildi (Rossiyada dastlabki Marten pechi 1869-yilda Sormov zavodida injener A.A. Iznoskov va usta Ya. I. Plechkov tomonidan qurilgan bo‘lib, uning sig‘imi 2,5 t bo‘lgan, xolos) (6-rasm). Zamonaviy pechlaming sig‘imi 200–900 t atrofida bo‘lib, ularda uglerodli, kam va o‘rtacha legirlangan konstruksion po‘latlar olinadi.
Marten pechining tuzilishi va ishlashi. Marten pechi alangali regeneratorli pech bo‘lib, uning eng muhim qismi ish bo‘shlig‘i (kamerasi)dir. Uni gaz va havo kirituvchi kallaklari bo‘lib, ularga gorelka, (mazutda ishlaydiganga esa forsunka) o‘rnatiladi. Pechning old qismida esa pol sathidan ancha pastroq-da juft regenerator 8, 9 o‘rnatilgan. Regeneratorlar bilan pechning ish bo‘shlig‘i oralig‘ida esa
«shla-kovik» deb ataluvchi kameralari bo‘ladi. Metallurgik zavodlarida 250–500 t.li pechlar ko‘proq tarqalgan. Ular tagligining o‘lchami 20x6 m2gacha yetadi. Odatda, bu pechlarda 400–600 marta po‘lat olingandan keyin kapital ta’mir qilinadi.
6-rasm. Marten pechining sxemasi:
1 – suyuqlantirilgan metall; 2 – shlak; 3 – pech shipi; 4 – pechning tubi; 5 – pechning orqa devori; 6 – pechning old devori; 7 – shixta kiritiladigan darchalar; 8 – gaz regeneratorlari; 9 – havo regeneratorlari; 10 – sirtqi ish sathi; 11, – pechga haydaluvchi havo kiritiladigan va yonish mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 12,12’ – pechga haydaluvchi gaz kiritiladigan va yonish mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 13 – klapan; 14 – mo‘r; 15 – suv bilan sovutib turiluvchi kislorod furmasi.
Pechni ishga tushirish. Pech bo‘shlig‘iga shixta materiallari ma’lum tartibda yuklangandan keyin gorelkaga bosim ostida qizdirilgan yonuvchi gaz va havo yuborilib, kamerada yondiriladi. Yonish mahsulotlari o‘z yo‘lida shixta materiallarini qizdira borib, qarama-qarshi tomondagi kallaklar kanallari orqali sovuq regeneratorlarning katak- katak kanallaridan o‘tib, devorlarini qizdirib mo‘riga yoki bug‘ qozonlariga chiqariladi,
Agar chap tomondagi 1250–1280°C qizigan rege- neratorlarga sovuq gaz va havo haydalganida, ular qizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan o‘ta borib, 800–
900°C temperaturagacha qizigach, u yerdan o‘z kallaklari orqali pech kamerasiga o‘tib yonadi. Yonayotgan gaz mahsulotlar oqimi shixtani qizdira borib, qarama-qarshi tomondagi kallaklar kanallari orqali sovuq o‘ng tomondagi juft regeneratorlarga o‘tib ularni qizdiradi. Gaz va havo oqimining harakat yo‘nalishi klapanlar (13) orqali har 20–25 daqiqada avtomatik ravishda boshqariladi. Agar maiten pechlari suyuq yoqilg‘i (mazut)da ishlasa, faqat havoni qizdirish regeneratorigina o‘rna-tilgan bo‘ladi.
Asosli marten pechlarida shixta tarkibiga ko‘ra po‘latlarni skrap-rudali va skrap usullarda olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |