78
Eslatma
: Ya-yaxshi tasvirlangan. A-aniq tasvirlanmagan. T-tasvirlanmagan.
4.13. Kartada ishlatiladigan shkalalarni ishlab chiqish
Kartalarni tuzishda h’ar xil miqdor kwrsatkichlaridan foydalaniladi.
Bunday miqdor kwrsatkichlar asosan statistik malumotlar bwlib,
birorta
h’ududga tegishli bwladi. Voqea va h’odisalar miqdor kwrsatkichlar bilan
tasvirlanganda bazan shkalalardan foydalaniladi. Shkalalarni tanlashda
tuzila
ё
tgan kartani mazmuniga, ishlatila
ё
tgan usulga,
statistik malumotlarga,
kartaning maqsadiga va tasvirlana
ё
tgan h’ududga etibor beriladi.
Shkalalar pog’onali bwlib, birorta joyga
ё
ki maydonga tegishli bwlishi
mumkin. Har ikkalasida h’am pog’onalar orasidagi farq h’ar xil bwladi. Ah’oli
kartalarida ah’oli yashaydigan joylarni ah’olisining soniga qarab shkala
tanlanadi. Masalan, Wzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy atlasidagi (2000) «Ah’oli
kartasi» da shah’arlarni tasvirlashda ishlatilgan pog’onali
shkala wrinli
foydalanilgan, yani ah’olisi 2 mln.dan ortiq, shah’ar-qishloqlar ah’olisi 300000-
400000, 200000-300000, 100000-200000, 50000-100000 va 50000 mingdan
kam ah’oli yashaydigan joylar. Bu shkalada respublika shah’arlari ah’olisining
soni etiborga olingan. Lekin ah’oli zichligini kwrsatishda ishlatilgan
kartogrammalardagi pog’onali shkalani twg’ri tuzilgan deb bwlmaydi, chunki 1
km.kv. ga 500 dan ortiq kishi twg’ri keladi degan shkalaga Farg’ona va Andijon
viloyatlari kiritilgan. Bu notwg’ri.
Undan tashqari, Toshkent viloyatini tog’li
h’ududlari 1 km.kv.ga 100-200 kishi twg’ri keladigan shkalada tasvirlanib
notwg’ri kwrsatilgan. Wzbekistonning geografik atlasidagi (1999) xuddi
shunday karta, yani Ah’oli kartasida shah’arlarni tasvirlash uchun qabul
qilingan shkalani h’am twg’ri deb bwlmaydi. Chunki bu erdagi shkalada 2
mln.dan ortiq kishi, swng 100 000 dan 500 000 gacha bwlgan ah’oli
yashaydigan joylar deb kwrsatilgan. Yirik shah’arlar
Namangan, Samarqand,
Andijon va Buxoro ah’olisi soni jih’atidan ulardan ancha kichik bwlgan Jizzax,
Termiz, Navoiy shah’arlari bilan bir shkalaga kiritilgan, natijada pog’onalar
79
orasidagi farq katta bwlganligi sababli yirik shah’arlar deyarlik kwzga
tashlanmaydi. Kartogramma bilan tasvirlanadigan voqea va h’odisalar
shkalalar soni ettitadan oshib ketsa wqilishi qiyin bwladi.
Shuning uchun
tasvirlana
ё
tgan voqea va h’odisalarning mazmuniga va tarqalish xususiyatga
qarab shkalalar pog’onasini twg’ri tanlash kerak. Masalan Wzbekiston
geografik atlasidagi (1999 y) Paxtachilik kartasida paxta h’osildorligini
kwrsatuvchi kartogrammada tanlangan shkala ancha wrinli chiqqan. Shu
bilan birga shkalalar tanlanganda statistik malumotlarning bir yilgisi olinganda
shu soh’a twg’risida twliq malumot olish qiyin,
shuning uchun kwp yillik
malumot olib, ularning wrtachasi qabul qilinsa maqsadga muvofiq bwladi.
Buni h’am Paxtachilik kartasida kwrish mumkin. Shuni h’am unutmaslik kerakki,
shkalalar orasidagi farq (interval) imkoni boricha bir xilda bwlsa, tasvirlana
ё
tgan
voqea-h’odisalarni wqib tushunish va taqqoslash imkoniyati oshadi. Natijada
tasvirlana
ё
tgan voqea-h’odisalarning tarqalish
qonuniyatlarini aniqlash
imkoniyati oshadi. Shkalalar orasidagi farqlar iloji boricha kasr sonlar
bwlmaslgi kerak.
4.14. Relefni tasvirlash usullari
Relef umumgeografik kartalarda tasvirlanadigan eng murakkab
element h’isoblanadi. Oddiy shakllar eni va bwyi masshtab asosida
kichraytirilib
tasvirlansa, relef uchun uchinchi bir kwrsatkich-balandligi h’am
tasvirlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: