Reja: O‘sish va rivojlanishning tavsifi



Download 14,36 Kb.
Sana26.08.2021
Hajmi14,36 Kb.
#156472
Bog'liq
yoki


ОSIMLIKLARDA KUZATILADIGAN MAVSUMIY ОZGARISHLAR 

Reja:


1.O‘sish va rivojlanishning tavsifi.

2.O‘simliklar o‘sishi va o‘sish xillari.

3. O‘simliklar o‘sishiga tashqi sharoit omillarining ta’siri.

4.O‘simliklarning tinim holatlari.

5. O‘simliklarning yoshiga nisbatan o‘zgarishlari

6.O‘simliklarning mavsumiy hodisalari 

O‘simliklar ontogenezini tavsiflovchi eng muhim jarayonlar o‘sish va rivojlanishdir. Ular o‘simlik tanasidagi barcha hayotiy reaksiyalarning natijasi hisoblanadi, bu jarayonlar bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, faqat o‘sish asosida rivojlanish va rivojlanish asosida o‘sish tavsiflanadi. Natijada ikkalasi o‘simlikning hayotiy siklini belgilaydi. Biroq ayni vaqtda o‘sish va rivojlanish bir-biridan farq ham qiladi. O‘sish — bu o‘simliklar bo‘yi va eni tobora ortib, umumiy massaning oshishidir. Bunday o‘sish orqasiga qaytmaydi. CHunki yangidan-yangi hujayralar, to‘qimalar va organlar vujudga kelib, protoplazma va undagi organoidlar .(xloroplastlar, mitoxondriyalar va boshqalar) to‘xtovsiz shakllanib turadi.Rivojlanish — o‘simlikning hayotiy siklini (ontogenezini) tavsiflovchi yoshlik, voyaga etish ko‘payish, qarish va o‘lish arafalaridagi sifatiy morfologik va fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlarning o‘zaro nisbati o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, ayrim o‘simliklarda o‘sish ancha faol, rivojlanish esa juda sekin borishi, boshqalarida aksincha bo‘lishi mumkin. O‘sish juda faol kechadigan o‘simliklar tanasi odatda yirik, o‘sish sekin va rivojlanish faol bo‘lgan o‘simliklar, aksincha karlik (kichik) bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar o‘simlik turlariga, navlarning hususiyatlariga, ichki va tashqi omillarning ta’siriga bog‘liq. O‘sish va rivojlanish umumiy bir yaxlitlikni tashkil etib, o‘simlik tanasida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga, o‘simlikning ildiz orqali va havodan oziqlanishiga, energiya bilan ta’minlanishiga, umuman, assimilyasiya va dissimilyasiyada ishtirok etuvchi barcha jarayonlar yig‘indisiga bog‘liq bo‘ladi. 

O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI O‘sish —o‘simlik hayotining faollik darajasini ko‘rsatuvchi eng muhim jarayonlardan biridir. Chunki bu jarayon o‘simlik tanasidagi barcha fiziologik va biokimyoviy reaksiyalar natijasida sodir bo‘lib, yangidan-yangi hujayralarning, organlarning hosil bo‘lishi va ularning umumiy quruq massasining ortib borishi bilan tavsiflanadi. O‘simliklarning o‘sishi hayvonlardan farqli ravishda butun ontogenezida davom qiladi va yangidan-yangi organlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun yuz yillik va ming yillik daraxtlarda ham yosh, bir necha kunlik organlarning borligini ko‘rish mumkin. 



URUG‘LARNING UNISHI. O‘sish asosan urug‘larning unish jarayonida boshlanadi. Urug‘da asosan uchta muxim qism mavjud:

1) urug‘ni qoplab turadigan va uni tashqi sharoitning noqulay omillari ta’siridan saqlaydigan qobiq. 2) boshlang‘ich murtakdan iborat embrional qism (bargcha, ildizcha va poyaning dastlabki qismi); 3)g‘amlab qo‘yiladigan moddalarning to‘planish joyi. Bir pallali o‘simliklarning urug‘ida g‘amlab qo‘yiladigan moddalar asosan endospermida joylashgan bo‘ladi. Endosperm urug‘ning deyarli hammasini to‘ldirib turadigan bir turdagi parenximatik to‘qimadan iborat, murtak esa bir chetga surilgan bo‘ladi.Masalan, bug‘doy donida buni yaxshi ko‘rish mumkin. Urug‘ning unishi, suvni shimib olib bo‘rtishi, embrional to‘qimalarning o‘sa boshlashi qobiq yorilishiga bog‘liq. O‘sish jarayonida fermentlar ishtirokida murakkab organik moddalarning (oqsillar, polisaxaridlar, yog‘lar) oddiy moddalarga (aminokislotalar, monosaxaridlar, yog‘ kislotalar va boshqalar) parchalanishi sodir bo‘ladi. Buning hisobiga murtakning o‘sishi boshlanadi.. Murtakdan o‘sib chiqqan urug‘bargchalar va ildizchalar mustaqil oziqlana boshlaydi. Urug‘barglar er ustiga chiqqandan keyin yashil tusga kiradi (chunki xlorofill hosil bo‘ladi) va havodan oziqlanish boshlanadi. Ildizchalar esa tuproqdan oziqlana boshlaydi.
Download 14,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish