85
Tasniflashning asosiy kwrsatkichlaridan biri umumiy kwrsatkichlarni
tarmoqlarga bwlib tasvirlanganda ularning umumiy mazmuni bir butunlikni
tashkil qilishi kerak. Masalan, «Paxtachilik» kartasi umumiy bwlsa uning
tarmoqlari: paxta navlari, ekilishi, h’osildorligi, yalpi h’osili,
umumiy foydasi,
ishlov berish va h’.k.lar h’ammasi qwshilib bir butun mazmunni berishi kerak.
Lekin h’ar bir soh’ani tasniflashda ular orasidagi wzaro munosabat va qonuniyat
saqlanishi kerak.
Geografik kartalar qamrab olgan h’ududi bwyicha, mazmuni, masshtabi,
maqsadiga, kwra tasniflanadi.
Egallangan h’ududi bwyicha quyidagilarga: dun
ё
, materik, davlat, viloyat,
tuman kartalariga bwlinadi. Mazmuni bwyicha umumgeografik va mavzuli
kartalarga bwlinadi. Bu ikkala guruh’ yana maydalanib qismlarga bwlinadi.
Masalan, mavzuli kartalar 2 qismdan tashkil topgan:
1) tabiiy
ё
ki tabiiy geografik kartalar;
2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar.
Tabiiy geografik
kartalar, geografik muh’it komponentlari (atmosfera,
gidrosfera, biosfera)
ё
ki shu komponentlarni wrganuvchi fanlar bwyicha bwlinsa
h’am maqsadga muvofiq bwladi.
İ
jtimoiy-iqtisodiy kartalar h’am wz navbatida ah’oli, iqtisodi
ё
t, madaniyat,
si
ё
siy-mamuriy maishiy xizmat kwrsatish kartalari va boshqa turlarga bwlinadi.
Tarixiy kartalar, tarixiy voqealar va ularning rivojlanishi natijasida kelib
chiqadigan jara
ё
nlarni tasvirlab beradi.
Swnggi paytlarda yangi tipdagi tabiiy resurslarni bah’olash, bashoratlash,
injener-geografik va operativ (tezkor) xwjalik kabi kartalar vujudga kelmoqda.
Geografik kartalarning mazmuni bwyicha tasnif qilishda professor. K. A.
Salishev tasnifidan foydalanildi.
Umumgeografik kartalar xususiyatlariga kwra uch xilga bwlinadi.
1. Topografik kartalar (1:200 000 masshtabgacha).
2. Obzor topografik kartalar (1:200
000-1:1
000
000 gacha).
3. Obzor kartalar (1:1 000 000 dan mayda).
Umumgeografik kartalar mazmuni bwyicha quyidagilarga bwlinadi.
I.Tabiiy-geografik kartalar:
1. Geologik, stratigrafik, tektonik, litologik, uchlamchi davr, twrtlamchi
davr, gidrogeologik, geoximik,
foydali qazilmalar, seysmologik, vulkanizm
kartalari va boshqalar.
2. Umumiy tabiiy geografik kartalar.
3. Geofizik kartalar.
4. Er yuzasini relefi: gipsometrik, morfometrik, morfografik, geomorfologik
kartalar.
5. Meteorologik va iqlim: h’arorat, shamollar,
ё
g’in-sochin kartalari va h’.k.
6. Okeanologik kartalar.
7. Gidrologik kartalar (er usti suvlari).
8. Tuproq va uning turlari h’amda tarqalishi kartalari.
9. Wsimlik va ularni geografik joylashish kartalari.
10. Hayvonot dun
ё
si va ularning tarqalish kartalari.
86
11. Tabiatni muh’ofaza qilish va ekologik kartalar.
II.
İ
jtimoiy-iqtisodiy kartalar:
1. Ah’oli va demografik kartalar: ah’olining joylanishi va tarqalishi, zichligi,
ah’olining
milliy tarkibi, etnografiyasi, jinsi, tug’ilish va wlim,
ё
shi, ishsizlik, ishga
la
ё
qatligi kartalari va h’okazolar.
2.
İ
qtisodiy: tabiiy resurslar va ularni bah’olash, sanoat, qishloq xwjaligi
(deh’qonchilik, chorvachilik) va wrmon xwjaligi, transport, ichki va tashqi
iqtisodiy aloqalar, umumiqtisodiy kartalari.
3. Maishiy xizmat: maorif, fan, madaniyat, sog’liqni
saqlash,
savdo va
moliya, fizkultura va sport, turizm, maishiy xizmat kartalari va h’okazolar.
4.
Si
ё
siy-mamuriy kartalar.
III. Tarixiy kartalar:
1. Qadimgi dun
ё
tarixi kartalari.
2. Wrta asr tarixi kartalari.
3. Yangi va eng yangi tarix kartalari.
Kartalarning ishlatilishiga qarab ularning masshtabi, mazmuni va jih’ozlash
usullari h’am wzgarishi mumkin.
İ
shlatilishi bwyicha h’am kartalar bwlinadi.
I.Xalq xwjaligi va boshqarish uchun kartalar:
1. Tabiiy sharoitni va resurslarni bah’olash va prognoz (bashorat qilish)
kartalari.
2. Loyih’alash: qurilish, er tuzish va kadastr kartalari.
3. Operativ xwjalik kartalari.
4. Navigatsiya va ywllar kartalari.
5. Rejalashtirish uchun kartalar.
II. Maorif, fan va madaniyat kartalari:
1. Wquv kartalari: boshlang’ich sinflar, wrta maktablar, akademik-litsey,
kollej va oliy yquv yurtlar.
2.
İ
lmiy malumotnomali kartalar.
3. Madaniy-oqartuv, targ’ibot-tashviqot, wlkashunoslik kartalari.
4. Turistik – ekskursiya, sport kartalari.
Geografik kartalar tiplari bwyicha h’am bwlinadi.
1. Tah’liliy (analitik) kartalar.
2. Sintetik kartalar.
3. Kompleks kartalar.
Umuman olganda geografik kartalar proektsiyasiga xatoliklariga qarab,
wlchamiga kwra,
ishlatilgan rangining soniga, qaysi tilda ekanligiga, nashr
qilingan vaqtiga qarab va boshqa xususiyatlariga bwlinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: