Dominat boshqaruv idoralari Konstantin taxt tepasida bo‘lgan
davrda tugallangan. Imperiyaning butun hududida yagona ma'muriy
taqsimot vujudga keldi. Fuqarolik hokimiyati harbiy hokimiyatdan
ajratilib, hokimiyatni zo‘rlik yo‘li bilan tortib olish imkoniyatiga
barham berildi.
325 - 326 yillarda shahar aholisi (kurial)lar istiqomat qilib turgan
joyiga biriktirilgan. Milodiy 332 yilda kolonlar uchun yangi farmon
chiqariladi. Farmonga ko‘ra kolonlar o‘z yerini tashlab ketmasligi,
shahar hunarmandlari qo‘shin va ma'muriyatni mahsulot bilan
ta'minlab turishga majbur bo‘lgan. Rim va Konstantinopolga g‘alla va
boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish savdogarlar
zimmasiga yuklangan. Shahar kuriallari jamoat binolarini ta'mirlash
va soliq to‘lamaganlarning qarzini to‘lashga majbur etilgan.
Yulianning ijtimoiy va diniy siyosati muvaffaqiyat qozonmadi,
uning ko‘p farmonlari amalga oshmay qoldi. Imperator Valentin
Do'stlaringiz bilan baham: |