«Eron» «ar'yana» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «Oriylar
mamlakati» ma'nosini bildiradi
1
. Qadimgi hind manbalarida
chegaralari turlicha ko‘rsatilgan oriylarning muqqadas yurti Ar'yavarta
haqida zikr qilinadi. Ular tilining yaqinligi ham Eron va hind-oriy
qabilalari ajdodlarining keng urug‘chilik aloqalari yoki birligini
ko‘rsatadi. O‘rganish va qiyoslash qadimda bu tillarning grammatik
tuzilishi va asosiy lug‘at boyligi umumiy bo‘lganidan dalolat beradi.
Masalan, «suv» qadimgi eron va hind tillarida «ap» deb atalgan. Yer
«bumi»-«bxumi», «shamol» har ikki tilda «vata» deb yuritilgan.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bundan tashqari,
qadimgi Eron va Veda dinini qiyoslash qadimgi Eron va hind-oriy
ajdodlarining diniy tushunchalari o‘xshash bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, urf-odatlar, olovga e'tiqod qilish, muqaddas hind
Do'stlaringiz bilan baham: |