qadar murakkab va takomillashgan shahar qurilishi tizimini
uchratmaymiz. Hatto Misr shaharlari ham me'morchilik jihatidan
bunchalar yetuk emas. Shumer, Aqqod va Bobilda ham g‘isht
binolar bo‘lgan, lekin bunday qurilishlar u yerda nisbatan keyinroq
boshlangan”.
J.Neru shunday deb yozadi
1
: “Paxta faqat Hindistonda
yetishtirilib, 2-3 ming yil o‘tganidan so‘ng boshqa mamlakatlarga
tarqalgan. Qadimda hatto Misr, Mesopotamiya yoki G‘arbiy
Osiyoning boshqa mamlakatida ham Moxenjo-Darodagi kabi uy-joy
yoki hammomlar qura olmaganlar. Bu mamlakatda pul ehromlar,
maqbara va shohona saroylar qurishga sarflangan. Oddiy halq esa
tuproq uylarda yashagan. Hind vodiysida aksincha, binolar xalqqa
qulaylik yaratish maqsadida qurilgan”.
Hind vodiysi Sharqdagi eng qadimgi
dehqonchilik markazlaridan biri bo‘lib, bu
yerlik aholining aksariyat qismi dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Ular turli boshoqli o‘simliklar yetishtirganlar. Topilmalardan ma'lum
bo‘lishicha, bu yerda 2 xil bug‘doy navi, arpa, no‘xot, kunjut, paxta va
qovun ekilgan. Xarappa, Moxenjo-Daro va Chanxu-Daroda asosan
bug‘doy va arpa yetishtirilgan. Vodiy aholisi ekinzorlarni charxpalak
yordamida sug‘organlar.
Xarappa shaharlari quruqlik va dengiz yo‘li
orqali olib borilgan savdo markazlari rolini
o‘tagan. Xarappaga qimmatbaho toshlar
Hindiston janubidan keltirilgan. Mahalliy halqning Janubiy
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
Aholining kundalik
hayoti
Savdo va tashqi
aloqalar
184
Turkmaniston aholisi bilan ham savdo-sotiq ishlari olib borganligi
Oltintepadagi qazish ishlaridan ma'lum bo‘ldi.
Vodiy aholisi Belujiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan bo‘lishi
kerak. Saurashtra va Dekandan bu yerga bezak sifatida chig‘anoq va
ba'zi tosh turlari, Erondan kumush va feruza keltirilgan.
M.Ye.Massonning Oltintepada olib borgan qazishmalari Xarappa
sivilizatsiyasi Markaziy Osiyo xalqlari, Janubiy Hindiston viloyatlari
bilan mustahkam aloqa o‘rnatganidan dalolat beradi. So‘nggi yillarda
olib borilgan tadqiqotlar va ularning natijalari Xarappa shaharlarining
madaniy va savdo-sotiq aloqalari miqiyosini yanada kengaytirdi. Hind
vodiysidan Mesopotamiyaga mollar dengiz yoki quruqlik yo‘llari
orqali keltirilgan. Shumerda ham Xarappa madaniyatiga oid mollar
topilgan. Qadimgi Shumer bitiklarida Meluxa deb nom olgan yurtga
faqat dengiz orqali borish mumkin deb qayd etilgan. Olimlar fikricha,
Meluxa Hind vodiysining aynan o‘zi. Hind savdogarlari
Mesopotamiyaga asosan paxta keltirganlar. Olimlar topilmalarga
tayangan holda Mesopotamiyani Hind vodiysi bilan bog‘lab turishda
Bahrayn muhim nuqtalardan biri bo‘lgan degan xulosaga keldilar.
Lotxal qazishmalari chog‘ida bir necha portlar topildi. Bu Xarappa
aholisi dengiz yo‘llariga intilganidan dalolat beradi. Arxeologlar bu
yerlardan kemasozlik anjomlarini topdilar. Kema tasvirlari Moxenjo-
Daro va Xarappa muhrlarida ham uchrab turadi. Qadimgi hind
savdogarlari mamlakatdan nima olib chiqqanlar degan o‘rinli savol
tug‘ildi. Ular misdan tashqari fil suyagi, maymun, tovus va marvarid
bilan savdo qilganlar. Mesopotamiyada kichik-kichik hind qishloqlari
bo‘lgan degan faraz ham mavjud.
Hind vodiysida yozuv mavjudligi u yerda madaniyat
Yuqori darajaga ko‘tarilganidan dalolat beradi. U yerda
hozirgi kungacha topilgan manbalar soni ikki mingdan ortib ketadi.
Ular 400 dan ortiq belgini o‘z ichiga oladi. Bu yozuvlar to‘rt qirrali
muhrlar bilan birgalikda sopol, bronza pichoq va mis likobchalar, fil
suyagidan yasalgan buyumlarga tushirilgan. Muhrlarda asosan
hayvonlar tasvirlangan. Shuningdek ularda o‘n yoki undan ko‘proq
belgi bilan bitilgan yozuvlar mavjud bo‘lgan. Olimlar fikricha, bu
yozuvlar fonetik belgilar, ayrimlari esa idiogrammalardan (biron
ma'noni bildiradigan Shartli belgi) iborat. Yozuv o‘ngdan chapga
qarata yozilgan. Yozuvlar tilini T.Barrou, M.B.Emeno kabi
Til va yozuv
185
tadqiqotchilar dravid tillari guruhiga mansub deb fikr bildirganlar.
Mana, bir necha o‘n yildan beri, olimlar Xarappa yozuvlari ustida
tadqiqotlar olib bormoqdalar. Unga bo‘lgan qiziqish XX asrning
Do'stlaringiz bilan baham: |