3155-2590 yoki 2700-2600 yillarga to‘g‘ri keladi. Taraqqiy etgan
Xarappa madaniyatini Kalibanganda miloddan avvalgi 2165-1955 va 2135-1925 va Lotxalda miloddan avvalgi 2120-1600 va 2125-1895 yillarda rivoj topgan deb belgilaydilar. Xarappa madaniyatining Hind
vodiysidagi asosiy markazlari inqirozga yuz tutganidan so‘ng ham
boshqa shaharlar gullab yashnayvergan. Hind olimlarining Panjob va
Xarappadagi qazish ishlari ham buni tasdiqlaydi. Xarappada topilgan
muhrlar miloddan avvalgi uch minginchi yil oxiri ikki minginchi yil
boshlariga to‘g‘ri keladi deb taxmin etiladi.
Xarappa madaniyati avvaliga faqat Hind vodiysida, keyin
shimoldan janubga va g‘arbdan Sharqqa tomon bo‘lgan ulkan
hududda tarqalgan. Xarappa madaniyati yodgorliklari g‘arbda