Ktesiy ham o‘zining “Eron tarixi” nomli 22 kitobini
Mesopotamiyaga bag‘ishlagan. Biroq uning bu tarixiy asari ko‘proq
an'anaviy afsonalarga asoslangan bo‘lib, voqyealarni yoritishda
ko‘plab xatolar va buzib ko‘rsatishlarga yo‘l qo‘yilgan.
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashagan yunon tarixchisi
Ksenofont Mesopotamiyada bo‘lib, u ham o‘zidan so‘ng
“Kiropsidiya” va “Anabasis” asarlarini qoldirgan. Unda muallif Dajla
va Frot daryolari vodiylarida yashagan xalqlar, ularning urf-odatlari
haqida ancha-muncha narsalarni yozadi.
Iosif Flaviy o‘zining “Qadimiy Iudeya” asarida Ossuriya bilan
Bobilning Falastin davlati bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini
yoritadi.
Rim tarixchisi Pompey Trogning kitobida Mesopotamiya tarixi
to‘g‘risida qator ma'lumotlar mavjud. U Bobil va Ossuriya tarixini
an'anaviy afsonalarga asoslangan holda tasvirlaydi. Pompey
Ossuriyaning bosqinchilik siyosati sabablari, qadimda yirik
imperiyalarning vujudga kelish Sharoitlari, bosib olingan yerlarni
boshqarish usullari, yirik imperiyalarning halokatga uchrashi
sabablarini tushuntirishi katta qiziqish uyg‘otadi.
Mesopotamiya tarixi haqida yunon mualliflari Xeril, Kratet,
Do'stlaringiz bilan baham: |