avvalgi 1792 yildan-1750 yilgacha, ya'ni 42 yil podsholik qilgan
1
.
Avvalo, bu qonunlar loy likobchalarga mixxat ko‘rinishida bitilgan,
keyinchalik esa, qora bazaltdan ishlangan ustunga o‘yib yozilgan. Bu
ustun 1901-yilda fransuz arxeologi tomonidan Elam poytaxti - Suza
shahrida arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan. Hammurapi
qonunlari bitilgan bu ustun harbiy o‘lja sifatida Suzaga olib kelingan.
Bundan tashqari, qadimgi Ossuriya davlati xukumronligi davrida
qabul qilingan qonunlardan lavhalar saqlanib qolgan. Ushbu qonunlar
to‘plami va yuridik hujjatlar tadqiqotchilar uchun Mesopotamiya
davlatidagi mulkchilik va iqtisodiyotning qay darajada bo‘lganligini
o‘rganish hamda oila, tabaqalar va ular o‘rtasidagi xuquqiy me'yor,
munosabat, sud jarayonlarini aniqlashda katta ma'lumot beradi.
Diplomatik hujjatlar. Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan biri
Do'stlaringiz bilan baham: |