avvalgi XIV-XIII asrlarga tegishli bo‘lib, Ossuriyada huquqiy
tafakkurning ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Ossuriyaning mafkuraviy hayotida qadimgi xalqlar tomonidan
ishlab chiqilgan turli-tuman afsonalar tizimi ham jiddiy ahamiyat kasb
etgan. Bu afsonalarda real hayot va borliqning ko‘plab muhim falsafiy
masalalari, jumladan, olamning paydo bo‘lishi, insonning yaratilishi
haqidagi g‘oyalar ilgari surilgan.
Ossuriyaliklar qadimgi Mesopotamiya xalqi dinining ko‘p
jihatlari, mixxatlar tizimi, adabiy asarlari, san'ati hamda ilmiy
bilimlarini o‘zlashtirishgan. Shuningdek, Ossuriyaliklar qadimgi
shumerliklardan ba'zi bir xudolarning nomi va ularga ishonishni qabul
qilishgan. Ibodatxona va qasrlar qurishda shumerliklarning turli
me'moriy shakllaridan, hatto qurilish materiali-g‘ishtdan
foydalanishgan.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |