M.V.Nikolskiy rus ossurologiyasiga asos solib, 1908-1915-yillarda
ikki tomdan iborat “Eng qadimgi Xaldeyada xo‘jalik hisobotlariga
oid hujjatlar” nomli ilmiy asarini nashr etdi. Bu kitobda Nikolskiy
xo‘jalikka oid 500 dan ziyod hujjatlarni (miloddan avvalgi III ming
yillikka doir) tahlil qildi. B.A.To‘rayev “Qadimgi Sharq tarixi”
nomli yirik asarini nashr etdi. XX asrning 20-60-yillarida
akademiklar N.M.Nikolskiy, A.I.Tyumenev, V.V.Struve va
boshqalar Mesopotamiya tarixi, uning ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlari, xususiy mulk muammolari, davlat tuzumi va boshqa
sohalarni o‘rganish borasida katta ishlar qilishdi. I.M.Dyakonovning
ilmiy faoliyati markazida Mesopotamiyaning ijtimoiy-iqtisodiy
tarixini o‘rganish turadi. I.M.Dyakonov 1967-1968-yillarda
1
История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма
«Восточная литература» РАН 2002
132
Do'stlaringiz bilan baham: |