miloddan avvalgi XVIII asrning birinchi yarmidan boshlanganini
ko‘ramiz. Kussar shahri hokimi Pitxan (Putxan) qo‘qqisdan tunda
Nesa shahriga hujum qilib uni bosib oladi. Pitxanning vorisi shoh
Anitta poytaxtni Nesaga ko‘chirib, bu yerda istehkomlar,
ibodatxonalar barpo etadi. Ko‘p o‘tmay, Xalpa shiddatli janglardan
so‘ng, Xattusa shahrini bosib oladi. Bundan xabar topgan Burusxand
shahri hokimi Anittaga o‘z xohishi bilan taslim bo‘ladi va taxtni
topshiradi. Tez orada Kanes shahri ham Anitta ixtiyoriga o‘tadi.
Shunday qilib, Anitta yirik davlat hokimi - shohi bo‘lib qoladi.
Tadqiqotchilar bu davlatga Qadimgi Xett saltanati deb nom berganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |