17 iyun, 2014 yil. Urganch shahri Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, ukajonlar!



Download 15,65 Kb.
Sana02.05.2017
Hajmi15,65 Kb.
#7978
Viloyat hokimi P.R.Bobojonovning O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatining iqtidorli o‘quvchilari bilan bo‘ladigan uchrashuvdagi

SO‘ZI


17 iyun, 2014 yil. Urganch shahri

- Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, ukajonlar!

Hammangizni ajoyib tadbir – maktab – internatning iqtidorli o‘quvchilari asarlarining “Xorazm manzaralari” ko‘rgazmasi bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Har bir kishi , ayniqsa ijodkor hayotda o‘z oldiga ma’lum bir maqsadlar-ni qo‘yib yashaydi va ana shunga qarab intiladi. Ma’lum bir masofani bosib o‘tishi, ma’lum bir natijalarga erishishi bilan navbatdagi maqsad va vazifalarni belgilab oladi. Shu ma’noda bugun sizlarning – maktab internat o‘quvchilarining - rangtasvir, dizayn, haykaltaroshlik, milliy va zamonaviy xalq hunarmandchiligiga oid asarlaringizni tomosha qilar ekanmiz, hech shubhasiz, ijod borasida ma’lum yutuqlarga erishib, ko‘zlangan maqsadlar sari dadil qadamlar tashlayotganingizga amin bo‘lamiz.

Sizlarning yoshingizda yaxshi ustozlarning qo‘liga tushish, ixtisos-lashtirilgan maktabingizda yaratilgan kabi sharoitlarda ta’lim olish juda muhim. Shuning uchun bu boradagi izlanishlaringizni, maktabingizdagi, o‘zingiz bilgan va tanigan ustozlardan o‘rganishni, tinmay ijodiy tajribalar qilish va yaratishdan zerikmaslik, boshqa engil – elpi narsalarga chalg‘imaslik kerak. Chunki hamma narsaning, jumladan, ijodiy yutuqlarning boshi ham o‘qish, o‘rganish, tanlagan yo‘nali-shingizda tinim bilmay, erinmay o‘qish, uqish va mehnat qilishdir.

Sizlarda esa buning uchun barcha imkoniyatlar bor. Agar maktab – internatingiz 1997 yilda o‘z faoliyatini boshlagan, uni shu kungacha mingga yaqin o‘quvchilar bitkazgan bo‘lsa, ularning ichidan Jasvand Ollanazarov, Umarbek Rajabov, Shixnazar Jumaniyozov kabi akalaringiz bugun o‘zbek tasviriy san’atida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurganlar. Ular o‘z yo‘nalishida Respublikadagi eng nufuzli Oliy o‘quv yurti – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn oliygohida talabalarga san’at sirlarini o‘rgatmoqdalar. Demak ular tinmay ijod qilish va izlanishlari bilan ustozlik darajasiga etib olganlar.

(O‘quvchilarga yuzlanib):

- Demak nima qilish kerak ekan? Albatta, o‘qish, o‘rganish va tinmay mashq qilish lozim ekan. Rahmat!

Bilsangizlar kerak, ulardan tashqari viloyatimizda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi , O‘zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi akademigi, rassom Otaxon Olloberganov, haykaltaroshlar Shavkat Usmonov, Soli Qodirov, mana o‘zlaringizning muallimingiz Quronboy Bekchanov kabi juda ko‘p ustozlar ham bor. Yangi asarlaringizni ularga ko‘rsatib maslahatlarini olib turish faqat foyda keltiradi.

Shuni ham bilib qo‘yish kerak-ki, har qanday ijodkor o‘z sohasidan tashqari ham juda katta bilim, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi lozim. Masalan rassom, men maktabingizda ta’lim olayotgan barcha yo‘nalishlardagi o‘quvchilarni umumlashtirib rassom deyapman, o‘zi yashayotgan yurtning tabiatini ham, tarixini ham, ilm – fani, adabiyoti, xalq qaxramonlarini, qaysi sohada bo‘lmasin biron bir arzigulik natijaga erishgan kishilari, ularning faoliyatini ham o‘rganishi, puxta bilishi lozim. Bu narsa ijodkorning tasavvur qobiliyatini kengaytiradi. Rassom uchun esa tasavvur eng zarur bo‘lgan hislat, deb o‘ylayman.

Agar konkret Xorazm haqida gapirilganda, albatta, ijodning biror sohasida sezilarli ish qilaman, degan har bir ijodkor, umuman har bir xorazmlik ham, eldoshlarimiz buyuk matematik Muhammad al Xorazmiy, ulkan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, sarkarda Jaloliddin Manguberdi, faylasuf va shoir Pahlavon Mahmud, tarixchi va shoir Muhammad Rizo Ogahiy, shoh va shoir Muhammad Rahimxon II- Feruz, Bola Baxshi va Komiljon Otaniyozov kabi san’atkorlar, zamondoshlarimizdan shoir Omon Matchon, olim, akademik Azimboy Sa’dullaev, dunyoga mashhur yurak jarrohi Qalandar Bobojonov, shoirlar Erkin Samandar, ayniqsa Matnazar Abdulhakimlar hayoti va ijodini puxta o‘rganishlari lozim. Chunki yuqorida nomla tilga olingan insonlarning har biri o‘z sohasi bo‘yicha tariximizda o‘z nomlarini qoldirganlar.

Shunday ekan, aziz ukajonlar Sizlarning shioringiz o‘qish, uqish va tinmay izlanish bo‘lishi lozim. Ana shu yo‘lda hammangizga ulkan iroda va mehnatsevarlik tilab qolaman!



Rahmat!
Katalog: docs -> rasmiy maruzalar
rasmiy maruzalar -> Xotira va qadrlash kuni
docs -> Assalomu alaykum Hurmatli Yig‘ilish qatnashchilari
docs -> Archives of the International Secretariat of Amnesty International
rasmiy maruzalar -> Xorazm viloyati hokimi P. R. Bobojonovning “Uzxcmg” mchj qo‘shma korxonasida ilk tayyor mahsulot chiqishiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiridagi so‘zi
rasmiy maruzalar -> 2014 yil, 30 avgust, soat 19. 30 Avesto majmuasi
rasmiy maruzalar -> Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, hurmatli anjuman qatnashchilari!
rasmiy maruzalar -> Xuzhou Construction Machinery Group C., Ltd
rasmiy maruzalar -> 2014 yil, 1 sentyabr Urganch shahri
rasmiy maruzalar -> Xorazm viloyati hokimi p. R. Bobojonovning 14 yanvar – vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan tantanali yig‘ilishdagi tabrik nutqi
rasmiy maruzalar -> Xorazm viloyati hokimi p. Bobojonovning harbiy xizmatga kuzatuv tadbiridagi nutqi

Download 15,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti