Kirish
1.Avstraliya xalqlarining etnik tarixi.
2. Okeaniya xalqlarining etnik tarixi
Xulosa
Foydalanilgan adbiyolar ro’yxati
Kirish
Mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari sohasi olimlari oldida jahon tarixini, jumladan, Vatanimiz tarixini haqqoniy va to’laqonli o’rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo’yildi. Bu haqda Prezidentimiz I.A. Karimovning mamlakatimizning yetakchi tarixchi olimlari bilan uchrashuvdagi, nutqi va ma‘ruzalarida hamda davlat va hukumat miqyosida qabul qilingan qarorlarda ham o’z aksini topgan .
Yurtboshimiz I.A. Karimov e‘tirof etganidek: ,,Ma‘lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma‘naviy qarashlari o’z-o’zidan, bo’sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’lishini hammamiz yaxshi bilamiz‘‘.
Tarix fanining eng muhim qismlaridan bo’lgan etnologiya jahon xalqlarining kelib chiqishi, an‘anaviy xo’jaligi, o’ziga xos moddiy va ma‘naviy madaniyati, antropologik va lingvistik belgilari, marosimlari va maishiy turmush tarzlarini o‗rganish jarayonida har bir etnosning jahon sivilizatsiyasida o’z o’rniga ega ekanligi haqidagi keng qamrovli ma‘lumotlarni beradi3.
Etnografiya bo’yicha o’quv mashg’ulotlari yer yuzidagi ma‘lum bir mintaqada yashovchi xalqlarning tabiiy- geografik joylashuvi, etnogenezi va etnik tarixi, antropologik (irqiy) va etnolingvistik (lisoniy) xususiyatlari, moddiy madaniyati, maishiy turmush tarzi, ijtimoiy hayoti va oila-nikoh munosabatlari, marosimlari va urf-odatlari va diniy e‘tiqodlarini o’zida mujasamlashtiruvchi eng ustuvor masalalar tizimidan tarkib topgan.
Yer yuzida hattoki, ibtidoiy jamiyat darajasida turgan etnik tip-urug‗ qabilalaridan tortib, to katta kichik xalq va elatlargacha mavjud. Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanish natijasida ayrim xalq va elatlarning hali ham juda qoloq ibtidoiy tuzumda, ba‘zilari esa o’rta
I BOB. Avstraliya aholisining etnik tarixi, an’anaviy xo‘jaligi, moddiy va ma’naviy madaniyati.
Avstraliya (lotincha australis-janubiy)-janubiy yarim sharda joylashgan qit‘a hisoblanadi. Avstraliya shimoldan janubga York buruni bilan janubi g’arbiy buruni janubiy kengliklar oralig’ida 3200 km ga, g’arbdan sharqqa 4100 kmga, Sitip- Poyit burini va Bayron burunlari oralig’ida cho’zilgan. Maydoni- 7682 kv kmni tashkil etadi. Tasmaniya, Kenguru, Melvill orollari bilan birga 7707.5 kv. kmga yaqin. 2014-yil 5-martdagi ma‘lumotlarga ko’ra, qit‘a aholisi 23 mln 511 155 kishidan iborat bo’lib, ularning asosiy qismi sharqiy qirg’oq bo’ylaridagi shaharlarda yashaydi20.
Avstraliyaning davlat ramzida kenguri va tuyaqush tasviri aks etgan. Aynan maskur hayvonlar ramzi gerbda aks ettirilishining ikki sababi bor. Birinchidan, bu jonzotlar Avstraliya faunasida keng tarqalgan bo’lsa, ikkinchidan, na tuyaqush va na kenguri orqaga qarab yurmaydi. Bu esa mazkur mamlakatning olg’a yurishini ramziy aks ettiradi.
Avstraliya qit‘alar ichida eng kichigi bo’lib, janubiy tropik chizig’i materikning deyarli o’rtasidan kesib o’tadi. Materikni g’arb, shimol va janubdan Hind okeani, sharqda Tinch okeani, dengizlari o’rab turadi. Qirg’oqlari unchalik egri-bugri emas, shimolda Kartentariya, janubda Katta Avstraliya qo’ltiqlari mavjud. Katta yarim orollari- Arnemlend va Keyp-York, Tasmaniya orolini Avstraliyadan kengligi 224 kmli bo’g’oz ajratib turadi. Avstraliyaning shimolidagi yirik orollardan Yangi Gveniya joylashgan, Avstraliyaning sharqiy sohili bo’ylab behisob marjon orollardan tashkil topgan katta to’siq rifi 2300 km masofaga cho’zilib yotadi. XVII asrgacha bu hududdagi aborigenlar ibtidoiy jamoa tuzimi sharoitida yashashgan.
Avstraliya aholisi deyarli bir millatli bo’lib, (4/5 qismi) uning asosoiy qismini Buyuk Britaniyaning va Irlandiyaning immigrantlar-angloavstraliyaliklar tashkil qiladi. Mahalliy aholi-aborogenlar juda ozchilikdan iborat (1 % atrofida).
Avstraliyaning uzoqligi bois, dastlab yevropaliklar tomonidan davlat jinoyatchilari surgun qiladigan joy sifatida foydalanilgan bo’lsa, XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab oltin topilishi va go’sht sut, jun chorvachiligining rivojlanishi bilan ommaviy immigratsiya mamlakatga aylandi va 20 % ga qadar aholi o’sishini ta‘minladi. Aholi sonining o’sishida tabiiy ko’payish bilan bir qatorda, xalqaro migratsiya hozirgi vaqtgacha muhim o’rin egallab kelmoqda. Aholi juda notekis taqsimlangan.
Avstraliya-dunyodagi urbanizatsiyalashgan davlat. Aholining 87 % idan ortig‗i shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melbrun, Brisben, Adelaida, Pert, Nyukasl, barchasi yirik portlardir.
Urbanizatsiya darajasi materiklar bo’yicha eng yuqori, ya‘ni 86 % (91 %) ni tashkil qiladi. Millioner shaharlari: Sidney (3,7 mln), Melbrun, Brisben, Pert, Adelaida va boshqalar.
1901-yil Avstraliyadagi mustamlakalar birlashtirilib Avstraliya Ittifoqini tashkil etdi. 1931-yildan boshlab Avstraliya mustaqillik statusini oldi. Avstraliya Ittifoqi federativ davlat bo’lib, hozirda u 6 ta shtat va 2 ta hududdan tashkil topgan. Buyuk Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiradi. Avstraliya BMT, JST,Millatlar hamkorligi, Tinch okeani orollari Forumi kabi xalqaro tashkilotlarga a‘zo hisoblanadi. Avstraliya dunyodagi aholisi zich joylashgan davlatlar orasida 50- o‘rinda turadi. 1991-yilda Avstraliya bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |