Mavzu. Avstraliya va okeaniya aholisining etnogenizi va etnik tarixi



Download 22,61 Kb.
bet1/4
Sana26.04.2022
Hajmi22,61 Kb.
#584314
  1   2   3   4
Bog'liq
. AVSTRALIYA VA OKEANIYA AHOLISINING ETNOGENIZI VA ETNIK TARIXI


MAVZU. AVSTRALIYA VA OKEANIYA AHOLISINING ETNOGENIZI VA ETNIK TARIXI


REJA:
1.Avstraliya va Okeaniya xalqlarining tabiiy geografik sharoiti, etnogenezi va etnik tarixi muammolari.
2. Avstraliya va Okeaniyaning tarixi – madaniy rayonlarga bo’linishi.
3. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari tarixiy joylanishi va ularning mustamlakachilik davriga qadar hamda mustamlakachilik davridagi hayoti.
4. Avstraliya va Tasmaniya xalqlarining antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi.

Tayanch tushuncha va iboralar:
Avstraliya va Okeaniya xalqlari va elatlarining tarixiy-geografik sharoiti, Avstraliya va Okeaniya davlatlari xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi, Avstraliya va Okeaniya xalqlarining turmush tarizi va xo’jalik turlari, diniy tushunchalari, milliy urf odatlari va dasturlari.
Birinchi qit`a hisoblanadigan- Avstraliya Tinch okeanining janubida joylashgan o’ziga xos o’lkalar. Uning iqlimi ham, etnik to’zilishi ham er kurrasining boshqa qismidan ancha farq qiladi. To’rt tomoni bepoyon okean suvlari bilan yuvilib to’rgan Avstraliya qit`asi 7,7 mlm, kvadrat kilometr hududga ega bo’lib, taxminan AQSh hududiga teng keladi.
Qir`aning beshdan ikki qismi tropik iqlimi, qolgani subtropik va mo’tadil issiq iqlimlidir. Ichki Avstraliya nihoyatda qirg`oq, yag`ingarchilik kam, iqlimi o’zgaruvchan, dashtu biyobondan iborat. Uncha katta bo’lmagan daryolar uning sharqida mavjud, xolos. Pastqam tog` tizmalari, asosan, janubi-sharqiy qismida joylashgan. Bir necha yo’z katta-kichik ko’llar mavjud bo’lib, ular yozgi jaziramada qurib qurib sho’rxokka aylanadi. Avstraliyaning o’simlik va hayvonot dunyosi ham iqlimi singari xilma-xil. U erdagi o’simliklarning aksariyati (85 foizi) faqat o’ziga xos bo’lib, boshqa biron erda uchramaydi. Ayniqsa, janubi-sharqida balandligi yo’z metrgacha yetadigan evkalipt daraxtlari (150 turdan ortiq) qit`aga go’zal manzara kasb etib turadi. Abadiy yashil daraxtlar: palma, fikus va chirmovuq kabi o’simliklarga boy tropik o’rmonlar qit`aning shimol va shimoli-sharqiy qismida joylashgan. O’lkaning g`arbiy va ichki qismiga kirib borgan sari barcha o’simlik dunyosi nihoyatda qashshoqlashgandek ko’rinadi.
Hozirgi Avstraliya millati qurama, turli elatlardan tashkil topgan. Qit`ada 15,7 mln.dan ortiq (1985-y.) aholi yashaydi, ammo u nihoyat notekis joylashgan. Aholining asosiy qismi Avstraliyaning sharqiy va janubi-qismlarida, sug`oriladigan qulay iqlimli va o’simlik dunyosiga boy bo’lgan janubi-g`arbiy hududlarda yashaydi. Avstraliya aholisining ko’pchiligi Evropalik, ayniqsa, Angliya va Irlandiyadan (78 foizi) kelganlarning avlodlari ko’pchilikni tashkil qiladi. Tub aholisi (aborigenlar) suvsiz cho’l va sahrolarda kun kechirmoqda. Ularning soni 103 mingga yaqindir (metislar bilan qo’shib hisoblaganda 140 mingdan ortadi). Umuman olganda, Avstraliya va Okeaniyada keyingi ma`lumotlarga qaraganda 25 mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu jumladan, Yangi Zelandiyada 3,2 mln.aholi yashaydi.
Okeaniyada joylashgan minglab orollar janubga yaqinlashgan sari yiriklashib va ancha quyuqlashib boradi. Avstraliyaning sharqida va shimoli-harqida, aksincha, juda mayda orollar Tinch okeani bag`riga kirgan sayin kamayib boradi. Eng yirik orollar` Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniyadir. Mayda orollar esa asosan, vulqonlardan va marjonlardan paydo bo’lgan va ularning qit`aga hech aloqasi yo’q. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig`ida joylashgan bo’lib, iqlim ekvatorial, tabiati adabiy shil tropik o’simliklar bilan qoplangan, hayvonot dunyosi g`arbga tomon boyroq, sharqda esa ancha kam.
Okeaniya asosan, uch qismga bo’lingan: janubi-g`arbiy qismdagi «qora orollar» deb nom olgan Melaneziya; uning sharqiy va shimoli-g`arbidagi bepoyon Tinch okenida tarqoq joylashgan Polineziya (tarjimasi «ko’psonli orollar»); Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat Mikroneziyadir. Agar tub aholisining sharoiti va madaniy saviyasi sotsial-iqtisodiy jihatdan umumiy xarakterga ega bo’lsa, Okeaniya xalqlari nisbatan yuqori darajada va nihoyatda rang-barang shaklda rivojlangan. Tillarning joylashuvi antropologik turlarga to’g`ri kelmaydi. Ularning xo’jalik tiplariga qarab madaniy yoki sotsial rivojlanish darajasini aniqlash qiyin. Chunki, Osiyo yoki Evropadagi ishlab chiqarish qurollari, moddiy buyumlar bu erga mutlaqo to’g`ri kelmaydi. Masalan, tub melaneziyaliklar o’q-yoyni, termirchilikni yoki kulolchilikni bilmaganlar, ammo o’ziga xos yuksak madaniyat yaratganlar. Aytaylik, ijtimoiy munosabatlarda melaneziyaliklarda savdo-sotiq rivoj topgan bo’lsa ham, natural xo’jalikka ega bo’lgan polineziyaliklar ularga nisbatan ancha yuqori madaniyatga ega bo’lganlar.
Umuman, beshinchi qit`ani o’rganish insoniyat tarixining ilk davrlari – ibtidoiy jamiyatdan sinfiy jamiyatning ilk shaklarigacha, dastlabki davlat va qabilaviy birliklargacha aniqlab olish imkonini yaratib bergan edi.
Dunyodagi eng kichik qit`a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik davrlarda qurg`oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy mo’zey shaklida saqlangan. Uning flora va ayniqsa, faunasining arxaikligi va o’ziga xosligi doimo tadqiqotchilarni hozirgacha hayajonga soladi.

Download 22,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish