Doro I ning davlat tepasiga kelishi. Davlat apparati. Miloddan
avvalgi 523 yil boshlarida Qambiz Efiopiya yurishidan qaytib, Misr
poytaxti Memfisda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostiradi. Miloddan
avvalgi 522 yilning bahorida esa ukasi Bardiya Eronda qo‘zg‘olon
ko‘tarib, o‘zini shoh deb e'lon qilganligi ma'lum bo‘ladi.
Ammo u yo‘lda Bardiya tarafdorlari tomonidan o‘ldirildi. Bardiya
aslida kimligi to‘g‘risida turli ma'lumotlar mavjud. Mashhur Behistun
yozuvlari, shuningdek, Esxil, Gerodot, Ktesiy, Pompey Trog,
Poliyen kitoblarida u to‘g‘rida turlicha faktlar keltirilgan.
Behistun yozuvlarida Qambiz Misr yurishidan oldin Bardiyani
o‘ldirganligi haqida aytiladi. Gerodot guvohligicha, Bardiya (ya'ni
Smerdis) Misr yurishidan keyin o‘ldirilgan. Boshqa mualliflar ham
Yuqoridagi ma'lumotni takrorlaydilar. Gaumata davlat to‘ntarishini
amalga oshirgach, mamlakatni yetti oy davomida boshqargan. U
Do'stlaringiz bilan baham: |