Qambiz (miloddan avvalgi 529 - 523 yillar) va eroniylarning
Misrni istilo qilishi. Qambizning shohlik tarixi bizga yunon
tarixchilari hikoyalari va eroniylarning Misr istilosi davriga oid Misr
yozuvlaridan ma'lum. Kayxisrav vafotidan keyin uning katta o‘g‘li
Qambiz qonuniy vorisi sifatida taxtga o‘tiradi. Biroq bu davrga kelib,
mamlakatda ola-g‘ovur boshlanadi. Kayxisrav tomonidan
bo‘ysundirilgan, ammo iqtisodiy jihatdan Eronga qaram bo‘lmagan
ayrim mamlakatlar davlat tarkibiga hali butkul kirib ulgurmagan
edilar. Kayxisrav bo‘ysundirgan ayrim xalqlar mustaqillikka erishish
uchun bosh ko‘tarib chiqishlari tayin edi. Ba'zi xalqlar Kayxisrav
o‘limidan foydalanib, Erondan ajralib chiqdilar. Qo‘zg‘olonlarni
bostirish uchun Qambiz ko‘p kuch sarflashiga to‘g‘ri keldi. Bu
qo‘zg‘olonlarga Kayxisravning ikkinchi o‘g‘li ham aralashgan bo‘lsa,
ehtimol. Behistun yozuvida uning ismi Bardiya, Gerodotning asarida
esa, Smerdis deb berilgan. Ksenofont aytishicha, “Kayxisrav vafot
Do'stlaringiz bilan baham: |