163
Gerodot so‘ziga ko‘ra frigiyaliklar
1
Yevropada
yashagan
paytlarida o‘zlarini briglar deb atashgan. Osiyoga ko‘chib
kelganlaridan keyin esa o‘z nomlarini frigiyaliklarga o‘zgartirganlar.
Yozuv va ismlarga asoslangan
holda aytish mumkinki, frigiyaliklar tili
hind-yevropa tillari turkumiga kirgan va yunon tili bilan bog‘liq.
Xett davlati bilan bevosita aloqadagi mahalliy aholi bilan yaqin
frigiyaliklar tez orada Old Osiyoning qadimgi jamoalariga xos bo‘lgan
sivilizatsiya darajasiga yetib oldilar. Arxeologik manbalarga
asoslangan holda aytish mumkinki, dehqonchilik Frigiya jamoasining
iqtisodiy asosi bo‘lgan. Frigiyaning hududi bo‘ylab ko‘plab
istehkomlar qurilgan edi.
Frigiyada qazishlar paytida topilgan sopol idishlar o‘tgan
davrdagi hunarmandchilik an'analarining taraqqiyot darajasini
ko‘rsatadi. Unda Xett davlati, Kichik Osiyo va hatto Kipr
kulolchiligining namunalarini ko‘rish mumkin.
Shoh va amaldorlar qo‘rg‘onlarda
dafn qilinib, hunarmandchilik
taraqqiy etishi tufayli tosh maqbaralar qurila boshlandi.
G‘arbiy sohildagi yunon shahar-davlatlari bilan Frigiya savdo
aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, bu yunon va frigiya jamiyatlari
madaniyati yaqinlashuviga olib kelgan. Ossuriya va yunon
manbalarida
faqat ikki Frigiya podshosi - Gordiya va
Midas ismi
keltiriladi. Ayrim mutaxassislar bu ismlar emas, balki shohlik amallari
nomi deb xisoblashadi.
Frigiyaliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan,
shuningdek
marmar qazib olish, oltin konlarini o‘zlashtirish, junni qayta ishlash
bilan shug‘ullanishgan. Savdo-sotiq ishlari ko‘proq yunonlar va
rimliklar bilan olib borilgan. Frigiyaliklar asosan qishloq joylarda
yashashgan,
lekin bir necha Gordion, Kelena, Kotiy kabi katta
shaharlar ham bo‘lgan.
Frigiya madaniyatining Egey dengizi atrofida yashaydigan xalqlar
madaniyati va sivilizatsiyasi bilan o‘xshash tomonlarini ko‘rish
mumkin. Qadimgi Frigiya alifbosi yunon alifbosining bir varianti
bo‘lib, Frigiya va Yunoniston madaniyatining yaqin aloqalarini
ko‘rsatadi. Kadimgi Yunon afsonalarida
Frigiya shohi Midasga katta
o‘rin berilgan. Ularga ko‘ra shoh qo‘li tekkan narsa oltinga aylangan.
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
164
Sakarya (Sangariy) daryosi vohasida topilgan qadimgi Frigiya
yozuvlari, shuningdek G‘arbiy Kichik
Osiyo va Kappadokiya
shaharlaridan ham topilgan
1
. Bularning bari, Frigiya davlati gullagan
davrida uning chegaralari g‘arb va Sharqqa tomon keng hududlarni
egallaganligini ko‘rsatadi. Yunon madaniyati Frigiyaga
Germa vohasi
orqali kirib kelgan. Shu yo‘l bilan Frigiya madaniyati o‘z ta'sirini
Kichik Osiyoning g‘arbiy sohilidagi yunon aholisiga o‘tkazgan.
Frigiya musiqasi yunonlar tomonidan qabul qilinib, qadimgi yunon
madaniyatining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: