O.Rassam
miloddan avvalgi IX asrga tegishli Ossuriya
yodgorliklari, shuningdek, podsho Ashshurbanipal II ning
ibodatxonasi hamda Salmanasar III ning o‘sha davrdagi harbiy
yurishlarini tasvirlagan va shahar darvozasi ustiga bronza plitalar
qoplangan Balavat darvozasini topdi.
Bundan tashqari, O.Rassam Mesopotamiyaning turli
burchaklaridan qator yozma hujjatlar, shu jumladan, “Kir manifesti”,
“Rassam silindri” deb nom olgan Ashshurbanipalning solnomasi
1
ni
hamda Ossuriya va Bobil podsholarining yozuvlari, ish yuritish va
ma'rifiy hujjatlarini topdi.
Mesopotamiyadagi qadim shaharni o‘rganishda Angliyalik geolog
V.Loftus ham katta hissa qo‘shdi. U Varka xarobalarini tadqiq qila
turib, qadimgi Uruk shahri hamda ibodatxona kutubxonasida
saqlangan hujjatlarni topdi. Loftus, shuningdek, qadimgi Larsa
(hozirgi Senkere) shahri, undagi saroy, quyosh xudosi ibodatxonasi va
turli sohalarga oid hujjatlarni aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |