1854-yilda ingliz diplomati J.Teylor El - Mukayir tepaligida
arxeologiya ishlarini amalga oshirib, Ur shahri, Shumer shaharlaridan
bo‘lgan Eredu shahrini topdi
2
.
Mesopotamiyaning qadimgi shaharlarini o‘rganishda fransuz
diplomati E. de Sarzek jiddiy natijalarga erishdi. U 1877-1900- yillarda Tellox tepaliklari ostidagi shumerlar shahri - Lagashni kashf
qildi. Unda shahar hokimlarining tosh haykallari, kumush va
alebastrdan ishlangan vazalari topildi. Tello tepaligida topilgan
yodgorliklarning ichida “burgutlar” deb atalgan plitaning parchasi
juda qiziq edi. Unda Lagash shahrining hukmdori - Eannatumning
qo‘shni shahar - Ummu ustidan erishgan harbiy g‘alabasi, ya'ni
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
2
История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма
«Восточная литература» РАН 2002
124
“Burgutlar” plitasida jangda halok bo‘lgan askarlar jasadini burgutlar
g‘ajib yotgan manzarasi aks ettirilgan edi.