Lepsius, fransuz olimlari F.Shampolon,
Deveria, de-Ruje va Shaba, italiyalik olim Rozellini, ingliz olimi
Berch katta hissa qo‘shdi. Fransuz olimi G.Maspero ham
misrshunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. U misrshunoslikda tarix,
filologiya va arxeologiya ilmlarini birga qo‘shib olib bordi. Maspero
o‘zining “Klassik Sharq xalqlarining qadimgi tarixi” fundamental
asarida birinchi bo‘lib, qadimgi Misr tarixi va madaniyatini hamda
klassik Sharq xalqlari, ya'ni Shimoliy-Sharqiy Afrika va Old Osiyo
xalqlari tarixiy taraqqiyotini keng doirada uzviy bog‘liq tarzda
o‘rgandi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Erman va Zete qadimgi
misr tili muammosiga bag‘ishlangan qator ilmiy asarlar yaratgan
bo‘lsalar, Erman va Ranki ushbu tilga oid besh tomlik fundamental
asar chop etishdi. Angliyalik misrshunos A.Gardner misr tili
grammatikasini ishlab chiqdi.
Rus misrshunosligiga asos solgan yirik olim, akademik
Do'stlaringiz bilan baham: |