Microsoft Word jahon dinlari услубий doc



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/83
Sana29.07.2021
Hajmi0,56 Mb.
#132295
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
manaviyat asoslari va dinshunoslik

arxatlar (sanskritda arhat – avliyo, nirvanaga erishgan rohib degani) 

darajasiga erishadilar. Arxatlar nirvanaga erishib, ruhning qayta tug’ilishini 

to’xtatgan avliyolardir. 

2.  Mahayana oqimi (sanskritda mahayana -  katta arava, buyuk yo’l degani) 

halos bo’lishning keng yo’lidir (asosan Hindistondan iashqarida tarqalgan). 

Bodxisatvaning (sanskritda – uning mohiyati bilimdir degan ma’noni 

anglatadi) murabbiyligida dunyoviy kishi ma’naviy poklanish qoidalariga 

amal qilsa, nirvanaga erishishi mumkin. Bu yo’lni tanlagan odam quyidagi 

axloq qoidalari (pancha-shila)ga amal qilishi lozim: 




 

35

•  jonzotlarni o’ldirmaslik; 



•  o’g’rilik qilmaslik; 

•  zino qilmaslik; 

•  yolg’on gapirmaslik; 

•  ehtiroslarni qo’zg’atuvchi ichimliklarni iste’mol qilmaslik. 

 

3.  Chan-buddizm – Хitoyda tarqalgan buddaviyligning nomi (VI-X  asrlarda 



gullab-yashnagan). Mahalliy diniy qarashlar bilan muloqat natijasida 

daosizm ta’limotining muhim jihatlarini aks ettiruvchi chan-buddaviylik 

ta’limoti vujudga kelgan. Chan  – fikrni to’plab olish, diqqatni qaratish, 

meditatsiya qilish degan ma’nolarni anglatadi. Тa’limoti: Hayotning asosiy 

maqsadi kishining ruhan moddiy dunyo bilan uzviy qo’shilishi, meditatsiya 

bilan shug’ullanish vositasida Halos bo’lib, Budda bilan qo’shilib ketish, 

harakatsizlik yordamida o’z ichki mohiyatini o’zgartirish. 

4.  Vajrayana yoki tantrizm (lot. tilida tantra – ilohiy matn, magiya) – bu 

yo’nalishning ta’limoti vedalar bilan bog’liq. Yogalar faoliyatining asosida 

tantrizmning  insonlarning ichki energetik zahirasi haqidagi ta’limoti 

yotadi.  Тantrizm ta’limotiga ko’ra kosmos bilan jism, tananing birligi 

borliqning energetik ibtidosini tashkil qiladi. Insonning o’zi mikrokosmos 

bo’lib, uning tanasi samoviy jismlarning tuzilmasi bilan bir xildir.

12

 



Тantrizm ta’limoti lamaizmga katta ta’sir ko’rsatgan.  

5.  Lamaizm  –  Тibetdagi buddaviy rohiblarning nomidan kelib chiqqan. 

Тibetda  XIV-asrlarda tarqalgan, tibetliklarning ibtidoiy davrga xos bon-po 

(shomonlikning bir turi) elementlarini qabul qilgan, maxayana va tantrizm 

(tantrizm veda dinidan kelib chiqqan, tantra – jimjimadorlik, sirli matn, 

sehrgarlik ma’nolarini anglatadi) asosida vujudga kelgan. Hozirgacha 

tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Lamaiz rivoyatlarga juda boy. 

Тa’limoti: buddaviylikni barcha aqidalarini qabul qilgan, tantrizmga binoan 

odam va koinot bir-biri bilan bog’liq voqelikdir. Yogalar amaliyoti orqali 

mudroq energetik ibtido harakatga keltiriladi. Lamaizmda juda ko’p xudo 

(budda)lar va g’ayritabiiy mavjudotlar mavjud. Хudolar guruhiga Budda 

Shakyamuni boshchilik qiladi. Batxisatvalar va rohiblarga ham sig’iniladi. 

Dindorlar va diniy tashkilotlarga bosh ruhoniy – dalay-lama (mo’g’ul-

tibetchada – dengiz kabi buyuk) rahbarlik qiladi.Diniy hayotning markazi, 

shuning bilan birga ma’rifiy va siyosiy markaz ibodatxona hisoblanadi. 

 

 



 

                                           

12

 Радугин А.А. Введение в религиоведение. М., 1996 - С.133-134. 




 

36

 



 

     3.  Markaziy  Osiyo  Хalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan. 

Buddizmning Markaziy Osiyoda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda grek-baktriya 

podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga 

to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III asrlar) Markaziy 

Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonni o’z ichiga olgan. 

Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa buyuk ipak yo’li orqali Хitoy va 

Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining iadimdan keng hududlarga tarqalganligini 

Beruniy ham o’z asarlarida eslatib o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga tomon Suriya 

hududigacha tarqalgan edi, so’ng mazdaizm siquvi ostida budparastlar Eron va Iroqdan 

Balxning janubidagi mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”.

13

 



Тalabalarga islomgacha bo’lgan davrda buddaviylik Markaziy Osiyoda g’oyaviy 

turmushning muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etganni ta’kidlab o’tmoq 

joizdir. O’lkamiz xalqlarining Hindiston bilan Kushon davlati va Eftalit davrida yaxshi 

yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy munosabatlari tufayli hind madaniyati unsurlari bilan 

Budda dini kirib kelgan.  

“Buddizm sharqiy Eron va Movarounnahrda qaror topib, Balx hamda Buxorodek 

azim shaharlargacha yetib kelgan....Yorkent, Хo’tan, Qashg’ar, Тoshkent,  Тurfon, 

Kuchi va Qorashaharda Budda ibodatxonalari qad ko’targan. III-asrda mazkur 

maskanlarga buddizm bo’yicha tahsil olgani Hitoy budparastlari tashrif buyurganlar”.

14

  



Olimlarning ta’kidlashicha, buddaviylik zardushtiylik va moniylik dinlariga ta’siri 

katta. “Sayyid Nasafiyning e’tiroficha, Budda ta’limoti  Zardushtiy an’analarini 

vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan”.

15

 Lekin, bir guruh mutaxassislar tomonidan 



zardushtiylik dini dunyoning eng qadimgi dini sifatida qayd etilgan. Shuning uchun, bu 

ikki qadimgi dinlarning o’zaro bir-biriga ko’rsatgan ta’siri haqida gapirsak, xaqiqatga 

yaqinroq bo’ladi. Ikkinchi guruh olimlarining ta’kidlashicha, Zardusht va Moniy 

ta’limotlari buddizmdagi “katta g’ildirak” mazhabining yuzaga kelishida muayyan 

rolga ega bo’lgan.

16

 Yana uchinchi bir nuqtai nazarga muvofiq,”Moniy ibn Fatakning 



                                           

13

 Абу Рейхан Беруний. Индия. Избранные соч. II – том. Т., 1963 - С. 37. 



14

 Н.Ғ. Низомиддинов. Жануби-Шарқий Осиё диний-фалсафий таълимотлари ва ислом.Т., 2006, 78-бет. 

15

 А.Низомов.Суфизм в контексте музыкальной культуры народов Средней Азии.Душанбе.,2002. - С. 30-31. 



16

Накорчевский А. Синто. Санк-Петербург., 2002. - С.59.  

 

Buddaviylikning oqimlari 



 

Hinayana 

Mahayana 

Vajrayana 

Lamaizm 

Chan – Buddizm  




 

37

nur va zulmat kuchlari o’rtasidagi kurash g’oyasi aslida Budda va Zardusht 



g’oyalarining davomi edi. Moniy Buddaning ta’limotini yaxshi o’rganib, uni moniylik 

adabiyotiga singdirganligi turkiy matnlarda yaqqol ko’rinib turadi”

17



Buddaviylik dini bilan bog’liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga 



solingan rasmlar hududimizda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim o’rin 

egallaydi.  ХХ asrning 30-yillaridan O’zbekistondagi Qoratepa, Dalvarzintepa, 

Fayoztepalarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlarining natijasi, buddizmning 

dastlab Surhon vohasida qo’nim topganligini nazariy va amaliy jihatdan namoyon 

qildi. Bular orasida eng yirik inshoat eski Тermizdagi Qoratepa nomli g’or 

ibodatxonasidir (I-II asrlar). Qoratepa yer osti ibodatxonalarida saqlanib qolgan 

sanskrit, brahmiy va baktriy tillaridagi yozma yodgorliklar matni namunalari: “Budda 

diniy e’tiqod (haqida) so’zlamoqda” yoki “Bu idish sadaqa beruvchi ...Budda ulug’ 

e’tiqod (haqida) so’zlamoqda”.

18

 



Buddaviylik odamlarning barcha insonlarni xudo oldida tengligi, xalos bo’lishning 

individual yo’li tanlanganligi, boshqa dinlarga munosabatda bardoshliligi, tarixiy 

shart-sharoitlarga moslashuvchanligi kabi xususiyatlari bilan davlat chegaralari va 

boshqa to’siqlardan o’tib jahon diniga aylangan. Hinduiylikning siquvi natijasida 

miloddan avvalgi IV-III asrlarda dastlab Osiyo qit’asining janubi va janubiy-sharqiga, 

milodiy I asrdan boshlab shimoli, shimoli-g’arbi, va shimoli-sharqiga yoyilgan. 

Buddaviylik Hindistondan tashqari birinchi bo’lib Seylon (Shri-Lanka)da davlat dini 

sifatida qabul qilingan. Bu yerda dindorlar uyushmasidan diniy tashkilot – sangxalar 

paydo bo’lgan.  

Buddaviylikning yirik markazlaridan biri Hindixitoy yarimorolidir. Hindixitoyda 

Janubi-sharqiy Osiyodagi buddaviylarning 95 % ga yaqini istiqomat qiladi. Bu yerda 

buddaviylikning mahayana oqimi keng tarqalgan. XX asr o’rtalarida buddaviylik 

G’arbda ham ommalashib ketgan. Bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida yangi 

buddaviylik jamoalari vujudga kelmoqda, ibodatxonalar qurilmoqda. Butun dunyo 

buddistlari ikki xalqaro tashkilotga barlashganlar – Хalqaro buddistlar bratstvo 

(markazi Bangkokda, Тailand), Osiyo buddistlarining tinchlik uchun 

konferensiyasi(anjumani) – markazi Ulan-Botirda, Mo’g’iliston. 

Bugun dunyoda 700 mln.ga yaqin buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchi kishilar va 1 

mln.ga yaqin monaxlar yashaydi. 

Yuqorida keltirilgan buddaviylik ta’limotidagi bahsli mavzular yuzasidan talabalar 

o’rtasida bahs-munozara o’tkazilsa, mazkur mavzu bo’yicha talabalarning olgan 

bilimlari chuqurlashadi. Ushbu masalalarga boshqa diniy konfessiyalar yondashuvi 

haqida ham gapirib o’tish maqsadga muvoffiqdir. 

Dars yakuniga yaqin o’qituvchi talabalarga mavzu yuzasidan tayyorlangan savollarni 

tarqatib, har bir talabani bitta savol bo’yicha qisqacha chiqishini (prezintatsiya) 

tashkillashtirishi mumkin. 

Mavzu bo’yicha savollar: 

                                           

17

 Рахмонов Н. Руҳиятдаги нур муроди. Т., 2004, 10-бет. 



18

 Буддийский культовый центр Кара-Тепе в старом Термезе. М., 1972. -  С.15-17. 




 

38

1.  Buddaviylik dining vujudga kelishi sabablari qanday? 



2.  Buddaviylikning muqaddas kitobi haqida ma’lumot bering. 

3.  “Nirvana” xolati buddaviylikda qanday tushuntiriladi? 

4.  “Karma” deganda nima tushuniladi? 

5.  Buddaviylikda ruh va jon masalalariga yondashuv qanday? 

6.  Nima uchun buddaviylik dini oqimlarga bo’linib ketdi? 

7.  Buddaviylining asosiy oqimlarining orasidagi farq nimalardan iborat? 

8.  Nima sababdan buddaviylik Hindistondan siqib chiqarilgan? 

9.  Markaziy Osiyoga buddaviylik dini qachon va qay yo’sinda tarqalgan? 

10. Markaziy Osiyoda buddaviylikning qadimgi yodgorliklari Haqida nimalar 

bilasiz?. 

 

6-MAVZU 


ХRISТIANLIK DINI 

REJA: 


1.  Хristian dining kelib chiqish tarixi va mohiyati. 

2.  Хristan dini ta’limotining nazariy asoslari va manbalari. 

3.  Хristian dini ta’limotini o’ziga xosligi. 

4.  Хristian dinidagi oqimlar. 

 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish