112
10 -
10 20 30 40 50 %
oilalar foizi
Mutloq tenglikni ifodalovchi to‘g‘ri chiziq bilan Lorens egri chizig‘i
o‘rtasidagi
tafovut
daromadlar
tengsizlik
darajasini
ifodalaydi.
Bozor
munosabatlari aholi daromadlarining mutloq tengligini inkor etadi. Shu bilan birga
10 % aholi daromadlarining 100 % ini o‘zlashtirib olishi mumkin ham emas.
Chunki bo‘nday holda 90 % aholi daromadsiz qolib, qashshoqlikga mahkum
etilgan bulur edi.
Bozor munosabatlari sharoitida aholining
bir qismi daromadlari kam
bo‘lganligi sababli moddiy va manaviy ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi.
Aholining bunday qatlamini kambag‘allar deyiladi. Aholi daromadlari va
kambag‘allik darajasini oilalarni tanlab kuzatish yo‘li va normativ usul bilan
aniqlash mumkin. Tanlab ko‘zatish usulida oila daromadlari mamlakat o‘rtacha
daromadidan bir necha baravar past bo‘lsa, bu oila kambag‘al hisoblanadi.
Ko‘pincha, shu jumladan O‘zbekistonda ham normativ usulda kambag‘allik
aniqlanadi. Bu usulda
eng zaruriy oziq-ovqatlar, iste’mol buyumlar va xizmatlar
to‘plami (iste’mol savati) qiymati asosida aniqlanadi. Bu qiymat iste’mol
byudjetini tashkil etadi. Eng kam iste’mol byudjetiga yoki uning bir qismiga (misol
50 % foizi) to‘g‘ri keladigan daromad kambag‘allik chegarasi (kch) deyiladi.
Hukumatimiz kambag‘allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga turli
yordam ko‘rsatib, o‘zining ijtimoiy himoyasiga olgan.
Mamlakat yoki hudud bo‘yicha kambag‘allikning vaqt (davr)
mobaynida
o‘zgarishi statistikada kambag‘allik indeksida ifodalanadi. Kambag‘allik indeksi
(Jk) ushbu davrdagi kambag‘allik koeffitsientini (KK
1
) taqqoslanayotgan bazis
davr kambag‘allik koeffitsientiga (KKo) bo‘lib topiladi. Ya’ni Jk = KK
1
: KKo:
O‘z navbatida kambag‘allik koeffitsientlari
esa joriy davr yoki bazis
davrlarda kambag‘allik chegarasidan past daromadga ega bo‘lgan aholi (KCHPA)
sonini barcha aholining tegishli davrdagi o‘rtacha soniga bo‘lib topamiz.
KK
1
=
1
1
А
К
CHP
А
; KK
0
=
Ао
К
CHP
Ао
;
Bu ko‘rsatkichlarni statistik o‘rganish natijasida davr mobaynida
kambag‘allik
darajasining
chuqurlashib
borayotganligini
yoki
sayozlashayotganligini aniqlash mumkin. Bu yerda Jk >1 bo‘lsa, kambag‘allik
darajasi chuqurlashayotganini bildiradi. Kambag‘allik darajasining sayozlashuvi
umuman aholi turmush darajasining yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi.
Kishilarning yashash minumimi – eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat (13 turdagi)
mahsulotlari,
nooziq-ovqat
iste’mol
buyumlari
va
xizmatlar
to‘plami
qiymatlarining yig‘indisidir. U «istemol savati» nomi bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: