Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Download 220,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/51
Sana11.03.2022
Hajmi220,42 Kb.
#489576
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
OSIYO. G‘-22 «RAPTOR» HARBIY UCHOQLARI 
Ayni shu mahalda Gobi uzra zanji dahoningu anjuman ahlining yetti uxlab tushiga kirmagan 
voqealar sodir bo‘lmoqdaydi. 
Yig‘in boshlanishidan bir soat avval, Gobiga tutash mamlakatlardan biridagi muvaqqat harbiy 
bazadan «Vahshiy» deb nom olgan beshinchi avlod G‘-22 Raptor rusumli jangovar uchoqlar havoga 
ko‘tarildi. Hozir ular sahroni aniq kataklarga bo‘lgan holda, turli-tuman kuzatish qurilmalari orqali har 
bir qadamni juda sinchkovlik bilan kuzatib-o‘rganib bormoqda edilar. 
Ko‘rinishi bahaybat vahshiy qushga o‘xshagani uchun ham ularga shunday nom berilgan edi, 
kichkina qanotlarning ost qismidagi sakkizta jangovar raketa xuddi ulkan qushning changaliga o‘xshab 
osilib turar, burun qismidagi kompyuterli mo‘ljal tizimining qurollari bahaybat tumshuqni eslatardi. 
«Vahshiy»ning o‘z-o‘zidan nishonga oluvchi o‘ta sinchkov qurilmalari sahrodagi har bir 
jonzotning harakatini inson nigohidan yuzlarcha bora sezgirlik bilan qayd etar, kompyuterdagi nishon 
bilan taqqoslar va nishon tegrasidagi qizil halqa ko‘k rangga almashar, ya’ni qayd etilgan narsa 
xotiradagi qiyofaga mos emasligi bildirilar, uchoqlarning har biri bir vaqtning o‘zida kamida beshta 
nishonni mana shunday «ushlab» tura olish qobiliyatiga ega edi.
Ayni vaqtda qandaydir yo‘llar bilan voqeadan xabar topgan boshqa o‘lkalarning harbiy mashinalari 
ham Gobi hududiga kirib kelmoqda edilar. Ular orasida «Qora akula» deb nom olgan, qanotlarida 
ikkita «havo-havo» va oltita «havo-er» tipidagi raketalar osig‘liq mashhur «Mig» ham, «Kfir» ham, 
«Tornado» va «Miraj» ham bor edi. 
Qizig‘i shundaki, jangovar mashinalarning birontasida tanuv ishoratlari ko‘rinmas, fazo aloqasi 
orqali faqatgina o‘z rahbariyati bilan aloqa qilar, boshqa har qanday chaqiruvlarga javob berishlari 
taqiqlangan edi. 
Bu uchar o‘lim mashinalarining mukammal qurilmalari havo hududida bir-birlarini allaqachon 
ko‘rganlariga qaramay, go‘yo bexabarday uchib bormoqda edilar. 
Ularning har biriga sahrodagi noma’lum kishini topish, iloji bo‘lsa tutib keltirish, iloji bo‘lmagan 
taqdirda esa barcha qurollardan foydalangan holda tamomila yo‘q qilishga buyruq berilgan, noma’lum 
kishining davlat xavfsizligiga tahdid qilayotgani, juda xavfli ekani aytilgan edi, shuningdek, uning 
boshqa mamlakatlarning harbiy kuchlari qo‘liga o‘tib ketishining oldini olish, mabodo shunday 
bo‘lgani taqdirda, noma’lum kishini qo‘lga kiritgan begona harbiy uchoqni ham tamomila yo‘q qilish 
vazifasi yuklatilgan edi. 
Gobi bo‘ylab shu mahal o‘ttizdan ortiq harbiy havo kemasi turli kengliklarda, bir-biridan turlicha 
uzoqlikda va turlicha balandlikda uchib bormoqda, maxfiy aloqa kanallari orqali turli tillarda nur 
tezligida ma’lumot almashilmoqda edi. 
«Vahshiy» sahro hududiga kirib borgach, markaz bilan bog‘landi:
– Pharaoh, i am Mahes. («Fir’avn», men – «Maxes».) 
– Mahes, i am Pharaoh. Report me about the situation! 
(«Maxes», men 
– 
«Fir’avn». Vaziyatni 
ma’lum qiling)


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Download 220,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish