Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Download 220,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/51
Sana11.03.2022
Hajmi220,42 Kb.
#489576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
Bog'liq
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16
ufqlarini ko‘rib turgan bir olim uchun esa bunday savollarning ahamiyati g‘oyat ulkan va hatto 
mudhish tus olishini hammangiz yaxshi bilasiz. Genlarni o‘zgartirish borasidagi tadqiqotlarimizda 
muttasil olg‘a siljiyotganimizni e’tirof etish bilan birga, kutilmagan natijalarga ro‘para 
kelayotganimizni sizga ma’lum qilmoqchiman. Bu natijalarni sharhlashni o‘zingizga havola qilgan 
holda, diqqatingizni ekranlarga qaratishingizni so‘rayman!... 
Shu orada qolgan chiroqlar ham o‘chib, sahnadagi ulkan monitor yorishdi. 
Monitorda shisha xona ichida ko‘zlari katta-katta bir odam ko‘rindi. U tevarakka olazarak alanglar, 
nimadandir juda bezovta edi.
– Bu – olti yuz oltmishinchi raqamli odam, – qorong‘ilik ichidan ovozi keldi olimning. – To‘rtinchi 
halqa DNA
2
o‘ramlariga o‘tkazilgan ta’sirlar natijasida u nurlanishlarga chidamli bo‘lib dunyoga keldi. 
Bu genomning nuqsoni – u ko‘r. Chunki oddiy sharoitda yashay olmaydi, quyosh nurlari vujudiga 
halokatli ta’sir ko‘rsatadi. 
Monitordagi tasvir g‘oyib bo‘lib, o‘rnida boshqasi paydo bo‘ldi. 
– Mazkur jonzot favqulodda qobiliyatlarga ega holda dunyoga kelishi ko‘zlangan edi. Darhaqiqat, 
uning suyaklari g‘oyat egiluvchan, lekin vujudi bunday egiluvchanlik uchun lozim bo‘lgan katta 
miqdordagi ma’danlarni yetkazib berolmagani uchun halokatga mahkum. 
Tasvirlar almashar, manzara ham noxushlashib bormoqda edi. 
– Mana bunisi esa barhayot jonzot, – deb davom etdi olim. – Avstraliya toshbaqasining genlari 
bilan chatishtirish orqali dunyoga kelgan bu odam juda uzoq yashaydi. Afsuski, teskari qonuniyatlar 
yana pand berdi – harchand uzoq yashasa-da, unda aql nishonasi yo‘q.
Tasvirlar birin-ketin almashar, har bir sun’iy yetishtirilgan odamda yashay olishiga to‘sqinlik 
qiluvchi bir nuqson namoyon edi. 
– O‘tgan yigirma yil mobaynidagi izlanishlar natijasida mingdan ziyod mana shunday jonzot 
dunyoga keltirildi, – deb davom etdi olim. – Ko‘rib turganingizdek, muvaffaqiyatlar bilan yengilishlar 
nisbati teppa-teng. Sirasini aytganda, aql darajasi bugungi kun odamidan bir necha baravar yuksak va 
mangu umr ko‘radigan odam yaratish fikri shu qadar jozibadorki, bu ko‘rganlaringiz majruhlarning va 
noqislarning dunyoga keltirilishining gunohu savobi haqida o‘ylab ko‘rishga na vaqt bor, na istak.
Gunoh deganimizda, nainki bizning aralashuvimiz tufayli dunyoga majruh bo‘lib kelgan 
jonzotlarni, balki ularning yo‘q qilinishini ham nazarda tutyapman – tasvirda ko‘rganingiz bu 
jonzotlarning aksariyati hozir hayotda yo‘q, ba’zilari o‘z-o‘zidan halok bo‘lgan, ba’zilarini esa azob-
uqubatga qolmasliklari uchun o‘zimiz yo‘q qilganmiz. Evtanaziya
3
masalasi dunyoda hanuz hal 
qilinmagan muammo bo‘lib turgani chog‘da, ushbu jonzotlarni yo‘q qilish odam bolasining joniga 
qasd qilish bilan baravarmi-yo‘qmi, degan savolimiz ham hanuz yechilmasdan qolmoqda. Tabiiyki, 
havo mavjud bo‘lmagan joylarda, suv ostida, kuchli nurlanishlarda, vulqonlarning tublarida bemalol 
ishlay oladigan va tadqiqotlarimizga ko‘mak beradigan bir nasl bunyod etilsa, insoniyatning ko‘p 
2
DNA – Deoxyribose Nucleic Acid, ya’ni dezoksiribonuklein kislota (DNK), hujayra ichida joylashgan, organizmning rivojlanishi va 
faoliyati dasturini nazorat qiluvchi, o‘zida saqlovchi va avloddan avlodga uzatuvchi, har bir jonli vujudning har hujayrasida 
bo‘ladigan organik modda. 
3
Evtanaziya – tuzalmas kasallikka mubtalo bo‘lgan odam bolasini azobdan qutqarish uchun dorilar yordamida o‘ldirish. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Download 220,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish