Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Download 220,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/51
Sana11.03.2022
Hajmi220,42 Kb.
#489576
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Bog'liq
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
Qaylardadir olis-olislarda, siyrak tuman bilan qoplangan va bunday yuksaklikdan elas-elas ko‘zga 
tashlanadigan materikning sarg‘ish sahrosida lo‘lilar karvoni tin olish uchun to‘xtagan edi.
 
Biroq, uchoq hozir sahro uzra uchib o‘tayotgan bo‘lganida ham bunday balandlikdan ularni ko‘rish 
amri mahol edi.
Sahrodan keyin vodiylar boshlanar, yana minglab chaqirim masofada esa oq qorlariyu ko‘k 
muzliklari bilan bag‘rida butun dunyo taraqqiyotining sirlarini yashirgan Tiyonshon tog‘lari viqor 
to‘kib turardi. 
 
Tiyonshon tog‘larining bag‘ridagi bir g‘orda avliyo tafakkur bilan mashg‘ul edi. Sal oldin yomg‘ir 
savalab o‘tgan, g‘or og‘zida o‘sgan anjirning yashil barglarida va jigar rang mevalarida katta-katta 
tomchilar turib qolgan edi.
 
Madaniyatlar, tsivilizatsiyalar, siyosatlar, fikriy va g‘oyaviy kurashlar, ulkan ijtimoiy hodisalar, 
megapolislar, tutunga o‘ralgan shaharlar va yashil qishloqlaru dalalar qatorida mayda-chuyda 
tirikchilik tashvishlari bilan tinimsiz harakatlanayotgan odamlar izdihomi... butun olam tortishish 
kuchini yengib, fazoga yo‘l olishga tayyorlanayotgan fazoviy kemalar, ninachilarday har tomonga 
imillab uchib borayotgan mahalliy uchoqlar, inson bolasining ayanchli gerdayishlariga sabab 
muhtasham qasrlaru avtomobillar... to‘qqiz chaqirim pastda, materiklarda qolib ketgan edi.
Uning nazarida dunyoning aylanishi tezlashib ketgandek, tushunish va boshqarish qiyin bo‘lgan 
g‘alati jarayonlar qaynab-toshayotganday tuyuldi.
Xalqaro anjuman uning qalbini larzaga solgan va oradan o‘n ikki soat o‘tganiga qaramasdan, hanuz 
taassurotlaridan qutulolmayotgan edi. Anjuman uyg‘otgan hayajonlaru shov-shuvlar hali-veri 
tinadiganga o‘xshamasdi. Dunyoning eng mashhur olimlari ham hayrat va hatto sarosima ichida edilar.
Insonni takomillashtirish yo‘lidagi urinishlar minglab yillardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-
da, bugungi hodisa bashariyatning barcha izlanishlarini xotimalab, yangi pallaga qadam 
qo‘yayotganidan dalolat berib namoyon bo‘lgan edi. 
Hamma gap, bir tomoni Xitoyga va ikkinchi tomoni Mo‘g‘ulistonga tutashib ketgan, Tiyonshondan 
Oltoy tog‘lariga qadar bir yarim ming chaqirim masofaga cho‘zilgan yoy misoli yastanib yotgan Gobi 
cho‘lidagi Inson takomili markazida yetishtirilgan sun’iy jonzotlarda edi. Kuyten-Nayramdal 
cho‘qqilaridan va Otgon-Tengri Uul vodiysidan yuzlarcha chaqirim masofada joylashgan mazkur 
markazda ko‘p yillardan buyon insonlarni sun’iy urchitish, genlarini takomillashtirish va klonlashtirish 
borasidagi tadqiqotlar olib borilayotganini ko‘pchilik bilardi. Shuningdek, bu tur tajribalar dunyoning 
ko‘pgina o‘lkalarida qat’iyan man etilgani bois, hali qonunlari zaif mamlakatga atayin ko‘chirilganiga 
hammaning aqli yetib turardi. Dunyoga yoyilib ketgan mazkur tadqiqot tizimining ona bo‘g‘ini 
bo‘lmish bu markaz insoniyatga kutilmagan bir natijani taqdim etgan va «Xo‘sh, ana endi nima 
qilasan?» deb sahrolar aro boqib turgan ulkan bir ko‘z misoli, jimit inson bolalarining tutumlariga 
qiziqsinib qarayotganday tuyulmoqdaydi. 
Sun’iy urchitilgan odam aslida kim? Urug‘langan bir ona hujayraning shisha idishlarda mukammal 
rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan har qanday sharoit yaratib berilgan va muttasil kuzatuvlar ostida inson 
bolasining paydo bo‘lish jarayoni g‘oyat aniqlik bilan kuzatib boriladigan bunday izlanishlar doimo 
boshi berk ko‘chaga kirib kelmoqda, bashar aqli yetmagan qandaydir ta’sirlar bois ular majruh, kar, 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Download 220,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish