www.ziyouz.com kutubxonasi
24
— Ha, men shunga buyurilganman.
— U xolda ozgina muxlat ber, tahorat olay ibodat qilay. Boshim sajdaga qo‘yilgan
payti jonimni ol.
Darxaqiqat shunday bo‘ldi: mo‘min banda boshini sajdaga qo‘ygani zahoti o‘lim
farishtasi uning jonini oldi».
Abu Bakr ibn Abdulloh Muzaniy deydi: «Bani isroillik bir kishi ko‘p mol-dunyo to‘pladi.
Ajali yaqinlashgach, o‘g‘illa-riga dedi:
— Qani, to‘plagan mol-dunyolarimdan bir qismini menga ko‘rsatnng-chi!
Otlar, tuyalar, qullar, cho‘rilar va boshqa mulk, boyliklarining xilma-xnlidan keltirib,
unga ko‘rsatishdi. Shuncha boyliklarining qolib ketayotganiga achinib, hasrat bilan
yig‘ladi. Uning ko‘z yosh to‘kayotganini ko‘rgan o‘lim farishtasi:
— Nega yig‘layapsan? Bu boyliklarni senga ato etgan Zotga qasamki, to badaningdan
joningni sug‘urib olmaguncha, bu uydan chiqmayman!-dedi.
— Menga muhlat ber, boyliklarimni tarqatay.
— Zinhor! Muhlating tugab bitdi. Ajaling yetishidan bu-run qaerda eding?!
Keyin o‘lim farishtasi uning jonini oldi».
Rivoyat qilinadiki, bitta boy to‘plagan butun mol-dunyosini bitta ham qoldirmasdan
bekitib qo‘ydi. Qasr kurdirib, unga ikkita mustahkam eshik o‘rnattirdi. Eshikka
qo‘riqchilar qo‘y-ildi. So‘ngra ahlini to‘plab, ular uchun taom hozirlatdi. Taxtga oyoqlarini
chalishtirib o‘tirib, ahliga bokdi: ular yoggpasiga taomlanardi. Taomdan so‘ng ularga va
o‘ziga xitoban dedi:
— Ey nafs! Ne’matlardan istaganingcha bahramand bo‘l. To‘plagan mol-dunyoyim
yillar bo‘yi senga kifoya qiladi.
Xo‘jayin bu so‘zini aytib, tugatar-tugatmas, egnida uvada janda, bo‘yniga
miskinlarnikidek to‘rva osib olgan kishi eshik qokdi. Tungi sukunatni buzib, shiddat bilan
qoqilayotgan eshikning ovozida qandaydir vahima bordek. Ko‘rimsiz ahvoliga
qaramasdan shunchalik salobatga ega, atrofga qutqu solayotgan bu miskin kim o‘zi?!
Xo‘jayin endi to‘shakka cho‘zilgan edi. Qullar eshik oldiga chopib borib, u miskindan
so‘rashdi:
— Nima ishing bor?
— Xo‘jayiningizni chaqiringlar.
— Xo‘jayinimiz sendek miskinni qabul qilarmikin?
— Qabul qiladi!
Qandaydir bir miskin eshik tagiga kelib, xo‘jayinni chaqirayotganini aytishdi.
— Nega quvib solmadinglar!-dedi ularga xo‘jayin. Shu payt eshik avvalgidanda
shiddatliroq taqillay boshladi. Qorovullar yana eshik tomon otilishdi.
— Xo‘jayiningizga xabar bering, men o‘lim farishtasiman, degan dahshatli tovushdan
go‘yo qasr titrab ketdi. Soqchilar qo‘rqinchdan qotib qolishdi. Ulkan bir musibatning
yaqinlashganini his qilgan xo‘jayin ham yuvosh tortib qoldi va dedi;
— Unga yumshoqlik bilan aytib ko‘ringchi, mening o‘rnimga boshqa birortasining
jonini olmasmikin?
Shunda o‘lim farishtasi uning huzurida hozir bo‘lib:
— Mol-dunyoyingni nima qilsang, o‘zing bilasan. Men sening joningni olish uchun bu
yerda hozirman. To joningni olmaguncha ketmayman,- dedi.
Xo‘jayin butun mol-dunyosini shu yerga keltirishlarini buyurdi. So‘ngra boyliklariga
qarata:
— Sizga Ollohning la’nati bo‘lsin! Siz emasmi, meni Rabbimning ibodatidan
chalg‘itgan va Rabbim bilan oramizni to‘sgan?! - deya so‘ka boshladi.
Shunda Olloh molga nutk, ato etdi:
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |