www.ziyouz.com kutubxonasi
25
— Meni so‘kma, muttaqiy kishilar sultonlar eshigidan quvilgan bir paytda, sen
emasmi, meni vosita qilib, sultonlar huzuriga shoshilgan?! Sen emasmi, meni shohona
aysh-ishratlarga sarflab, yomonlik yo‘lida sochgan?! Agar xayr uchun meni infoq etsang,
kim sening yo‘lingni to‘sa olardi? Men ham Odam farzandi yanglig‘ tuprokdan yaraldim.
Kimdir savob tomon, kimdir azob tomon yo‘l oladi.
Keyin o‘lim farishtasi bu mol egasining jonini oldi. Jon-siz banda yerga kuladi».
Vahb ibn Munabbihdeydi: «O’lim farishtasi yer yuzida mio li yo‘q shafqatsiz, zolim
kishining jonini oldi. Keyin os-monga ko‘tarildi. Farishtalar undan;
— Sen jonini olganlar ichida o‘ta rahmingni keltirganlari ham bormi? - deb so‘rashdi.
— Yer yuzida qaysidir bir sahroda qolgan ayolning jonini olishga buyurildim. Ayolning
ko‘zi yoriyotgan edi. Ushanda u ayolning naqadar g‘arib va nochorligini ko‘rib achindim.
Mittigina chaqaloqning esa kimsasiz sahroda yolg‘iz, qarovsiz qolayotganiga juda
raxmim kelgan edi,- dedi o‘lim farishtasi.
Shunda farishtalar unga:
— Hozir sen jonini olgan, yer yuzidagi eng zolim kishi — sening rahmingni keltirgan
o‘sha chakaloq bo‘ladi,- deyishdi.
— Subhanolloh! Hikmatlari latif Zotning xohlagani bo‘lur,- dedi o‘lim farishtasi».
Hasan Basriy deydi: «O’lim farishtasi har kuni har bir uy atrofini uch marotaba
aylanadi. Agar bu uylarning birortasida rizqi tugagan, ajali yetgan kishi bo‘lsa, o‘lim
farishtasi uningjonini oladi. Ulgan odamning yaqinlari yig‘lab, oh-faryod qilishadi.
Shunda o‘lim farishtasi eshikning ikkita ke-sakisiga yottishib deydi:
— Ollohga qasamki, bu marhumning rizqini men yemadim, umrini men tugatmadim,
ajal paymonasini men to‘ldirmadim. Albatta oldingizga qaytaman. To birortangiz
qolmaguncha bu yerga kelaveraman.
Ollohga qasamki, agar odamlar o‘lim farishtasini mana shu yerda ko‘rib, uning shu
so‘zlarini eshitsa, albatta, o‘likni unutib, fakat o‘zlari uchun ko‘z yosh to‘kkan bo‘lar
edilar».
Yazid ibn Rakkoshiy deydi: «Bani isroillik eng shafqatsiz bir kishi xonasida yolg‘iz,
tashvishlardan xoli holda o‘tirgan edi. Shu payt uning huzuriga notanish bir odam kirdi,
darhol unga g‘azabnni to‘kib-sochdi:
— Kimsan, kim seni xonamga kiritdi?!
— Shu yerning Egasi meni bu xonaga kiritdi,-dedi notanish odam bamaylyxotir. —
Meni biron joyga kirishim uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Men podshoxlardan izn
so‘ramayman. Sultonlarning kuch-qudratidan hayikmayman. Na beshafqat zolim, na
itoatsiz shayton menga qarshi chiqa oladi.
Shunda u zolimning qo‘llari shalvirab, ko‘rquvdan zir tit-ray boshladi, hatto yuz tuban
yiqildi. Keyin boshini ko‘tarib, xoru zalil holda:
— Demak, sen o‘lim farishtasisan, shundaymi? - dedi.
— Ha!
— Muhlat ber tavba qilay.
— Muddating tugadi, nafaslaring sanoqdi soating bitdi.Kechiktirishga aslo yo‘l yo‘q!
— Meni qaerga olib ketasan?
— Qilgan amallaring qoshiga va o‘zing uchun tayyorlagan uyingga!
— Axir men solih amal qilib ulgurmadim, o‘zim uchun yaxshi uy xam hozirlamadim-
ku?!
— U holda bosh terilarini sidirib olguvchi olov — do‘zaxga ketasan!
So‘ngra o‘lim farishtasi uning jonini oldi. Jonsiz jasad o‘z ahli oldida kuladk. Kimdir bu
o‘lik uchun o‘kirib, kimdir ho‘ngrab yig‘ladi.
Agar ular xotimaning yomonligini bilganlarida bundanda qattiqroq yig‘lagan bo‘lar
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |