www.ziyouz.com kutubxonasi
45
Oltinchi bob
Janoza va qabriston xususida oriflarning so‘zlari, qabr ziyoratining hukmi
Biling! Janoza orif kishi uchun ibrat, g‘aflat ahli uchun tanbeh va eslatmadir. Tobut
g‘ofil kishining qalbini yumshatmaydi. Negaki, g‘ofil banda bu tobutda o‘zi emas,
boshqalar yotadi, deb o‘ylaydi. Bir kuni odamlar uning ham tobutini ko‘tarishlarini
xayoliga keltirmaydi. Xayoliga keltirsa ham yaqin orada bu ish voqe’ bo‘lmasligiga kattiq
ishonadi. O’ylamaydiki, tobutda olib ketilayotganlarning aksari yakin-yaqnn-gacha
shunday fikrda edilar. Lekin oqibat: ishonchlari yer bilan yakson bo‘ldi, hayot shamlarn
butkul so‘ndi.
Ogoh bo‘ling! Inson ertami-indin, albatta, tobutga tushadi. Shunday ekan, tobutga
yelka tutgan banda nima uchun tobut ichida o‘zining jasadi yotgandek his etmasin?!
Abu Hurayradan bir tobutni ko‘rib, shunday deganligi rivoyat qilinadi: «O’ting.lar
(ya’ni tobut tomon o‘tib, uni ko‘taringlar)! Biz ham tez o‘tguvchimiz».
Molik ibn Dinor akasi o‘lganida uning tobuti oldiga borib yig‘ladi va: «Ollohga
qasamki, sening qaerga ketganligingni bilmagunimcha, ko‘z yoshlarim tinmaydi. Qaerga
ketganingni esa, to hayot ekanman, bilmayman», degan edi.
A’mosh deydi: «Janozalarda hozir bo‘lardik. Hazinlik, g‘am barchada barobar
bo‘lganidan, kimga ta’ziya bildirishni bilmasdik».
Sobit al-Banoniy deydi: «Janozalarda hammaning yuzlari-ni yopib yig‘laganini ko‘rar
edik».
Ha, sahobalarning o‘limdan xavfi mana shunday edi. Hozir-chi? Janoza marosimida
hozir bo‘lgan jamoatning aksariyati ko‘p kulib, ko‘p gapiradi, hazil-huzil qiladi,
marhumning me-rosi, vorislariga nimalar qoldirib ketayotgani haqida gap sotadi. Ammo,
eng asosiysi — o‘zlari ham bir kuni mana shun-day tobutga tushishi, o‘sha paytda
ahvollari qanday bo‘lishi xususida fikrlashmaydi. Nega..?Chunki ustma-ust gunohlar
qilib, qotgan qalb g‘aflat og‘ushida qolgan. Endi u na Olloh taoloni, na oxiratni eslaydi.
Er-taning dahshatli manzaralari unga yot. Bu qalbning yolg‘iz ovunchi — dunyo, ulfati —
o‘yin-kulgu, mashg‘uloti — ma’siyat.
Ollohim! Bu g‘aflatdan bizni uyg‘ot. Oxiratda yordam bera-digan ishlar bilan mashg‘ul
bo‘laylik.
...Oldimizda tobut turibdi. Janozada hozir bo‘lganlar uchun eng yaxshi holat o‘likning
ahvoliga yig‘lamoq, agar oqil bo‘lsalar, o‘zlari uchun yig‘lamokdir.
Ibrohim az-Ziyot janozada mayyitga rahmat tilayotgan odamlarni ko‘rib dedi:
«Rahmatni o‘zlaringiz uchun tilaganlaringizda yaxshiroq bo‘lur edi. Chunki bu marxum
uchta dah-shatdan qutildi, ya’ni:
— o‘lim farishtasini yuziga boqish dahshatidan, allaqachon uni ko‘rdi;
— o‘limning achchiqligi dahshatidan, allaqachon uni totdi;
— so‘nggi nafas xavfidan, xavf o‘tdi».
Abu Bakr ibn Alo deydi: «Jarirning huzurida edim. U kotibiga she’r aytib
yozdirayotgan edi. Shu payt ko‘chadan tobut ko‘targan odamlar o‘tib qoldi. Darhol
mashg‘ulotdan to‘xtab: «Ollohga qasamki, bu tobutlar mening soqolimni oqartir-di»,
dedi va ushbu baytni o‘qidi:
Ulim dahshat, tobutlar duch kelganda
Chekar qayg‘u alam xavf ichra banda.
Mayyit o‘tib keteach, na xatar, na g‘am,
Yana shod-xurramlik, qahqaha-xanda
O’xshar bu hol: go‘yoki suruv aro
Karib bo‘ri, yuzlandp ofat balo.
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |