www.ziyouz.com kutubxonasi
11
suiqasd qilish uchun kelgandir? Yaqindagina Islom ne’matidan bahramand bo‘lgan
hazrati Hamzaning qo‘li beixtiyor qilich dastasiga yugurdi. Ikki-uch sahoba shaxdam
o‘rindan turib, Umarning qo‘lini qayirishga shay turardi. Ammo Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam nim tabassum ila «Unga tegmanglar», deb ishorat qildilar.
Bundan dadillangan Umar Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga yaqinlashdi. Shunda
Payg‘ambar alayhissalom Umarning ko‘ylagidan tortib, shunday dedilar:
– Ey Xattob o‘g‘li, Islomga kelsang bo‘lmaydimi?
Bunga javoban Umar:
– Ashhadu anla ilaha illallohu va annaka Rasululloh, – deb shahodat kalimasini aytib
yubordi. Rasululloh (s.a.v.):
– Allohu akbar! – dedilar.
Odamlar bu quvonchli holdan shodlanib, yeru-ko‘kni «Allohu akbar!» takbirlariga
to‘ldirib yuborishdi. Bu takbirdan tog‘lar larzaga kelayozdi. Keyinchalik ma’lum
bo‘lishicha, Umarning Islomga kirganida Payg‘ambarimiz huzurlariga Jabroil
alayhissalom tashrif buyurib, Umarning musulmon bo‘lganiga maloikalar ham xursand
bo‘lganining xabarini berib ketgan ekanlar.
Eng baxtli kun
Makka musulmonlarining qirqinchisi bo‘lgan Umar hozir juda baxtiyor edi. Ana
shunday mard, jasur, shijoatli insonning Islomga kirganidan ashoblar ham shod va
mamnun edilar. Ular:
– Dushanba kuni Rasulimiz Robbilaridan Abu Jahl yohud Umar birla Islomni
madadlantirishni so‘rab duo qilgandilar. Allohga behisob hamdlar bo‘lsinki, ushbu ulug‘
sharafga siz noil bo‘ldingiz, ey Umar, – deb birodarlarini muborakbod etishdi.
Hammalari Umarning taklifi bilan birgalikda Arqamning uyidan chiqib, Ka’ba sari
yurishdi. Ka’ba atrofida Makka mushriklari ko‘pligidan oz sonli musulmonlar u yerda
ibodat qilishga botinolmas, hatto u yerda hozir bo‘lishdan ham hayig‘ishardi. Hozir
saflarida Umar bo‘lgani uchun ular Ka’baga dadil yaqinlashib kelishdi. «Dorun-nadva»da
Umarning qaytishini poylab o‘tirgan mushriklar safdoshlarining olomonni boshlab
kelayotganidan xavotirga tushdilar. Oldinda kelayotgan Umar Quraysh peshvolariga
qarata shunday dedi:
– Ey ahli Quraysh, meni tanimasanglar tanib olinglar, men Xattobning o‘g‘li Umarman!
Men bugun Islomni qabul qildim: Allohdan o‘zga iloh va ma’bud yo‘q, Muhammad uning
bandasi va elchisidir.
Umarning baland ovozda shahodat kalimasini aytib kelishi mushriklarni tamoman
dovdiratib, sarosimaga solib qo‘ydi. Boyagina Islomga kirgan Umar Abu Jahlning uyiga
borib, musulmon bo‘lganini aytganida, u uyiga ham kiritmay so‘kib jo‘natgandi. Hozir
ro‘parasidagi Quraysh mushriklari uning musulmon bo‘lganidan G’oyat g‘azablanib
ketishdi. Umar arslon kabi ularga tashlandi. Janjal kuchayib, vaziyat qaltis tus ola
boshladi. Qon to‘kilishi ayon bo‘lib qoldi. Holatning yomonlashuvini sezib qolgan
Umarning ona tomondan qarindoshlari Os Ibn Voil o‘rtaga tushib, mushtlashayotganlarni
ajrata boshladi.
Ishning pachavasi chiqqanini sezgan mushriklar birin-ketin masjidni tark eta
boshlashdi. Hozirgacha ular musulmonlarning Haramda ibodat qilishlariga to‘sqinlik
ko‘rsatib kelishardi. Alamga kirgan Umar musulmon birodarlarini ochiq, erkin suratda
ibodat qilishga da’vat etdi. Qurayshiy mushriklarga qasdma-qasdiga Haramda ilk bor
jamoat bo‘lib namoz o‘g‘ildi.
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |