Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq).
Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Xattobnikidir», deyishdi. Shunda men Umarning nihoyatda rashkli ekanligini eslab,
qasrdan nari ketdim.
Umar ibn Xattob (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.) bu gaplarini eshitib, to‘lqinlanib
ketganidan ho‘ngrab yig‘lab yubordi va yig‘i aralash shunday dedi:
– O’ Allohning Rasuli, ota-onam sizga fido bo‘lsin,
kelib-kelib sizdan rashk
qilarmidim?!
«O’liklarimiz – jannatda»
Uhud g‘azoti Badr jangi kabi makkalik mushriklarga qarshi olib borilgan dahshatli
urushlardan edi. Mushriklar avvalgi urushdagi mag‘lubiyatlari alamini olish uchun jon-
jahdlari bilan jang qilishardi. Qurayshiylardan Ibn Shihob, Utba, Ibn Qomiya,
Ubay ibn
Xalaflar qanday bo‘lmasin, hazrati Payg‘ambarni (s.a.v.) o‘ldirishga qaror berib, u
zotning qarorgohlariga bostirib kirishdi. Ubay «Muhammadni o‘ldiraman», deb qasam
ichdi, ammo Rasuli akram uni yaralab, mahv etdilar. Biroq Sa’d ibn Abu Vaqqosning
mushrik ukasi Utba otgan toshdan Rasuli akramning (s.a.v.)
lablari yorilib, tishlari sindi.
Ibn Hishom otgan o‘q Payg‘ambarimizning (s.a.v.) peshonalaridan yaraladi. Yana bir
qurayshiy Ibn Kamia u zotni qilich bilan yaralab yig‘itdi va darhol Abu Sufyonga borib,
«Muhammadni o‘ldirdim», deya maqtandi. Dushman tomoni bu xabardan nihoyatda
quvondi.
Musulmonlar orasida tahlika, sarosima boshlandi. Ba’zilar
qocha boshladi, qo‘shin
parokandalikka yuz tutdi. Ammo Anas ibn Nadir kabi «Muhammad o‘lgan bo‘lsa, Alloh
boqiydir!» deb jangni davom ettirganlar ham bor edi. Ana shunday alamli, fojiali
damlarda ham hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.) yonlaridan jilmadi,
u zotni
jon-jahdi bilan dushman hamlasidan himoya qildi.
Ammo mushriklarning yetakchisi Abu Sufyon hanuzgacha hazrati Muhammadning
(s.a.v.) o‘lik-tirikliklarini bilolmay garang edi. U shubhasini yo‘qotish uchun Islom
qo‘shinlari tomon qichqirib, uch bora «Oralaringda Muhammad bormi?» deb so‘radi.
Rasuli akram (s.a.v.) ogohlantirib qo‘yganlari uchun musulmonlardan hech kim unga
javob qilmadi. Shunda Abu Sufyon ayni tarzda Abu Bakrni (r.a.) so‘radi.
Yana javob
ololmadi. Keyin Umarni (r.a.) so‘radi. Bu gal ham hamma jimligini ko‘rib, u sevinib
ketdi: «Demak, bularning uchovi ham o‘libdi, g‘alaba biz tomonda ekan!»
Boyadan buyon g‘azabidan to‘lg‘onib o‘tirgan hazrati Umar (r.a.) bu gapni eshitib,
chidolmay qoldi. Bor ovozda Abu Sufyonga qarab qichqirdi:
– Tovushingni o‘chir, ey Allohning dushmani! Bu odamlarning hammasi tirik, mana
qarshingda turishibdi!
Abu Sufyon Umarning gapidan biroz talmovsirab qoldi. Dushmanlarining tirik ekanidan
hafsalasi pir bo‘lgani uchun Ka’badagi eng katta butlarini eslashdan o‘zga iloj topolmadi:
– Oliy bo‘l, Hubal! Aziz bo‘l, Hubal!
Bunga javoban esa hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.)
amrlari bilan
shunday dedi:
– Alloh a’lo va ajall! (Alloh - eng jalil, eng ustun!)
Abu Sufyon ham jim turolmadi:
– Bizning Uzzoimiz bor, sizniki yo‘q!
Hazrati Umar (r.a.) ham bo‘sh kelmadi:
– Alloh bizning mavloimizdir, sizniki esa yo‘q!
– Jang navbati bilan, g‘oliblik navbati bilan. Bugun biz Badrning intiqomini oldik! –
dedi Abu Sufyon bolalarcha g‘ururlanib.