Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq).
Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
HAQ HAMISHA G’OLIB
(Umar ul-Foruq)
Muallif:
Ahmad Muhammad
Movarounnahr
Toshkent – 2004
TAQDIM
Bismillahir rohmanir rohiym.
Islom olamining shavkatli qahramoni, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning
ishonchli
va sadoqatli safdoshi, musulmonlarning ikkinchi xalifasi, dono va odil Umar Ibn
Xattobning (r.a.) nomi, Islom da’vati yo‘lidagi xizmatlari tillarda doston bo‘lib kelyapti.
Hazrati Umarning (roziyallohu anhu) tilidayu dilida hamisha Allohning zikri edi. Alloh
taolo Umar (r.a.) sababidan Islomning shavkatini ulug‘ladi.
Alloh taolo hazrati Umarni
(r.a.) shunday martabaga erishtirdiki, u so‘zlaganda dunyo larzaga kelardi. U odillik
bilan hukm chiqarganda g‘ayridinlar ham lol qolardi. To‘g‘rini egridan ajratishda o‘ta
hassos bo‘lganidan Payg‘ambarimiz alayhissalom unga “Foruq” (farqlovchi) deb nom
bergandilar. U haqiqat yo‘lida javlon urganida dunyoni o‘tqazib-turg‘izardi.
U musulmon
ummati uchun yorqin nur, jannat ahli uchun porlagan chiroq bo‘ldi. Hazrati Umar (r.a.)
Islomni qabul qilganida Allohning maloikalari bu xushxabarni bir-birlariga yetkazib,
xursand bo‘lishgandi.
Umar Ibn Xattob (r.a.) Quraysh qabilasidan edi,
kunyasi Abu Hafsa, laqabi Foruq
bo‘lgan. Ota tomondan shajaralari – Xattob o‘g‘li, Nufayl o‘g‘li, Abdul Uzzo o‘g‘li, Riyoh
o‘g‘li, Qurt o‘g‘li, Raziy o‘g‘li, Adiy o‘g‘li Ka’bdir. Sulolasi to‘qqizinchi otada (Ka’bda)
Payg‘ambarimizning sulolalariga birlashadi. Onalari Xontama ismli ayol bo‘lib,
Qurayshning Bani Maxzum naslidan, Hoshimning qizi edi.
Hazrati Umar (r.a.) fil yilidan uch yil keyin tug‘ilgan, Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam Payg‘ambarlikka musharraf bo‘lganlarida, 27 yoshda edi. Payg‘ambarlikning
oltinchi yili, ya’ni 33 yoshda Islomga kirdi. U makkalik musulmonlarning qirqinchisi
bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘n uch yosh kichik edi, u zotdan o‘n uch
yil keyin vafot etdi. Boqiy dunyoga rihlat qilganida, Janobi Payg‘ambarimiz kabi 63
yoshda edi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan so‘ng o‘n yarim yil xalifa bo‘ldi. Asharai
Mubashsharadan edi.
Hazrati Umar (r.a.) odil va dono xalifa bo‘libgina qolmadi.
U kishi davrlarida Islom
futuhoti ancha tezlashdi, Qur’on va hadisni o‘rganish va targ‘ib qilish kuchaydi. Umar ibn
Xattobning (r.a.) xalifalik yillarida ko‘plab madaniy-maishiy islohotlar amalga oshirildi.
Hazrati Umar (r.a.) idoraviy va moliyaviy ishlarni takomillashtirishga katta e’tibor berdi,
Islom davlatida ilk bor pochta xizmati,
taftish idorasi, bolalar uylari, hibsxona tashkil
ettirgan ham Hazrati Umar (r.a.) bo‘ldi. U kishining davrida pul islohotida katta
o‘zgarishlar bo‘ldi,
beqiyos obodonchilik, qurilish ishlari olib borildi. Xalifa Umar (r.a.)
Basra, Kufa, Misrdagi Fistat shaharlarini barpo qildi, Nil bilan Qizil dengizni tutashtiruvchi
kanal qazitdi, ko‘plab ariq va ko‘priklar qurdirdi. Makka va Madina,
Shom va Hijoz