Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
hokim shu paytda uning ko‘ksiga quloq solib ko‘rsa bormi, yuragining qattiq 
urayotganini albatta eshitgan bo‘lardi. Jahon otasiga bir qaradi-da, boshini egdi. Uning 
javdirab turgan ko‘zlaridagi ma’noni Zirg‘om payqab turgan bo‘lsa ham, hokim 
tushunmadi. 
Hokim yana avvalgi so‘zini davom ettirdi: 
— Demak, hozir Iroqda turk askarlaridan ancha bor, degin. 
— Ha, yigirma mingdan ham ortiq bo‘lsa kerak, ularning orasida Farg‘ona amirlarining 
farzandlari — axshidlar va boshqalar ham bor, — dedi Zirg‘om. 
Hokim mulohazasini aytdi: 
— O‘ylashimcha, xalifaning onasi turk bo‘lgani uchun askarlikka ularni ko‘proq olishga 
uringan. 
— Ehtimol, bu ham sabablardan biridir, — dedi Zirg‘om, — lekin asosiy sababi o‘zingizga 
ma’lumki, musulmonlar davlati aslida arablardan kelib chiqqan. Mamlakatlarni zabt etish 
uchun boshlangan yurishlar paytida hamma askarlar arablardan bo‘lgan. Ular bir qancha 
mamlakatlarni zabt etib, o‘z davlatlarini tuzishgan Amaviylar davrida ham ko‘pchilik 
askar arablardan edi. Keyin eronliklar abbosiylarga yordam berib, Abbosiy davlatini 
tashkil etishda o‘z hissalarini qo‘shishdi. Shuning uchun eronliklarning ishi oldinga bosib, 
arablarning ishi ketiga ketdi. Sobiq xalifa Ma’mun* davrigacha eronliklarning ishi rivoj 
topdi. Davlat arboblari ham ulardan bo‘ldi, aytganlari aytganu, deganlari degan bo‘lib 
qoldi. Islom dini paydo bo‘lgan davrdan boshlaboq hokimiyatni Eron shohligiga qaytarib 
olish uchun ular qilib kelayotgan xatti-harakatlar sizga sir emasdir albatta, janob hokim. 
Hokimning chuqur xo‘rsinishidan fors davlatining qo‘ldan ketgani uchun 
qayg‘urayotganini Zirg‘om sezsa ham, o‘zini bilmaslikka solib, gapini davom ettirdi: 
— Xalifalik Mu’tasim qo‘liga o‘tgach, u eronliklardan cho‘chidi, xususan, ular akasi 
Aminni* o‘ldirib, xalifalikni uning o‘gay ukasiga — fors ayolidan tug‘ilgan Ma’munga olib 
berishganda, Mu’tasimning tashvishi kuchaygan edi. Chunki Ma’mun vafotidan keyin 
xalifalik meros tarzida eronliklarga o‘tishi lozimligini u yaxshi bilardi. Shuning uchun 
Mu’tasim ham shahar sharoitiga uncha ko‘nikmagan, bardoshli bir millatdan askar 
to‘plab, forslarga qarshi kuch yig‘ish taraddudiga tushdi. Uning bu rejasiga turklar mos 
kelgani uchun ularni askarlikka safarbar qila boshladi. 
— Turk askarlari Bag‘dodning o‘zida istiqomat qilishadimi? — so‘radi hokim Zirg‘omdan. 
— Ular yaqin fursatgacha Bag‘dodda yashab turishuvdi, lekin bag‘dodliklar bilan 
oralarida kelishmovchilik yuz bergani, ko‘chalarda ularga ozor berishlar, ba’zan 
o‘ldirishlar sodir bo‘lganligi tufayli Mu’tasim ularning o‘zlariga alohida shahar qurib berdi 
va unga Surra Man rao* deb nom qo‘ydi. U yerda ko‘chalar ochtirdi, har bir oilani 
alohida joy bilan ta’minladi, turli hunar egalari uchun alohida rasta va savdo do‘konlari 
ajratib berdi. Bundan tashqari, u yerda ko‘plab qasrlar, imoratlar qurilib, suv chiqarildi. 
Markaz Bag‘doddan Somurroga ko‘chibdi degan ovoza xalq orasida tarqalib, savdogarlar 
xo‘jalik anjomlari bilan, boshqa xalq iste’mol mollari bilan bu yerga kela boshladi, shahar 
ancha obod bo‘lib ketdi. 
Bunday siyosat va tadbirdan ajablangan hokim so‘radi: 
— Ha, ha, demak, u yer juda katta shahar bo‘lib ketdi degin-a, turklar o‘z dinida qoldimi 
yoki musulmon diniga kirishdimi? 
— Ulardan ko‘pchiligi zardushtlik dinida ekanligi janoblariga ma’lum, lekin hozir ular 
islomni qabul qilishgan. Askarlarning kuch-qudratini kamaytirmaslik uchun xalifa ko‘rgan 
g‘alati tadbirlardan yana biri — ularni shahar aholisidan chetlatib, yerli ayollarga 
uylanishni man qilgani va Turkistondan turk ayollarini keltirib, shularga uylantirish 
harakatida ekanidir. Xalifa cho‘ri ayollar sotib olish uchun Farg‘onaga ancha odam 
yubordi. Shu vaziyatdan foydalanib, men ham ular bilan birga keldim. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish