Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
Hayzuronning unga rahmi keldi, ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rmoqchi bo‘ldi: 
— Kishilar eshitsa, Jahon Zirg‘omni atayin izlab bordi, deb gap qilishadi. Ammo tasodifan 
unga yo‘liqib qolsak-chi, unda hech kim hech narsa deyolmaydi. Yana shuni ham bilib 
qo‘yki, yo‘l ancha olis, mashaqqatli, unga chiday olasanmi? 
Jahon: «Otga minib olganimizdan keyin nima mashaqqat bo‘lardi. Qani, qo‘zg‘aling, 
ketdik», — dedi-da, ikki erkak tomonga qaradi. Ular uzoqda, hali ham taka so‘yish bilan 
ovora edi. Jahon ularni chaqirmoqchi bo‘layotganini sezgan Hayzuron, oldinroq: 
«Bo‘lmasa, men xizmatching Firuzni chaqirib kelay, u sening jilovingdan yursin, 
ikkinchisiga esa qolgan xizmatchilar bilan shahar darvozasi yoniga borib, bizni kutib 
turishga farmon qilsang», — dedi. 
Uning bu maslahati Jahonga ma’qul tushib, «juda soz bo‘ladi» dedi. Hayzuron 
xizmatchilar oldiga borib, «buyoqqa kel» deb Firuzni imladi. Darrov yugurib kelgan 
Firuzga: «Hamrohingga borib ayt, u boshqa xizmatchilarni olib tezroq shahar 
darvozasiga borsin-da, bizni kutib turishsin. O‘zing esa ikkala otimizni olib kel, bizning 
yonimizda borasan», — dedi. Firuz topshiriqni bajarib bo‘lgach, Jahon bilan Hayzuron 
qaerga borishayotganini bila olmay ularning orqasidan yo‘lga tushdi. 
_____________ 
* Sirdaryo nazarda tutiladi. 
* F a r s a h — 8 kilometrni tashkil etadi.
ZIRG‘OM VA JAHON 
Shoyad, sevgilim kelayotganini ko‘rsam, deb ko‘zlari to‘rt bo‘lib borayotgan Jahon otning 
boshini anhor tomonga burdi. Uning yonida ot mingan Hayzuron borardi. Tikka kelgan 
quyosh tig‘i ostida chuqur xayolga cho‘mib borayotgan Jahon bugun ovqat yegan-
emaganini ham unutgandi. Hali ovqat ekan-ku, muhabbat dardiga yo‘liqqan odam 
o‘zining jahonda bor-yo‘qligini ham unutib qo‘yadi. 
Jahon va Hayzuronning otlari hakkam-dukkam ekin ekilgan yerlardan o‘tib borarkan, 
Farg‘ona malagini taniydigan o‘sha yerlik korandalarning ko‘zi ularga tushdi. Ular 
Jahonning o‘zinigina emas, qashqa otini ham, xizmatchisini ham tanishar edi. Korandalar 
Jahonning hurmati yuzasidan o‘rinlaridan turib, unga ta’zim qilishdi. Lekin xayoli 
parishon qiz ularga e’tibor bermadi, odatiy tabassumini unutdi. Xayol daryosiga g‘arq 
bo‘lib borayotgan Jahonning fikrini ikkala otning baravar kishnashi bo‘lib yubordi. U 
olisga nazar tashladi. Yo‘l ustida turkmanlarniki kabi qubbali chodirlar tikib o‘tirgan 
o‘troq odamlarga ko‘zi tushdi. Ilgari turkmanlar ana shunday tepasi qubbali to‘garak 
chodir tikib o‘tirishardi. Chodirlar orasida to‘rt-besh ot ko‘rindi. Yigitlar ikki biyani 
sog‘ishayotgan edi. Sahroyi arablar tuya sutini ichganidek, Turkiston cho‘llarida 
yashaydigan ko‘chmanchilar ham biya sog‘ib, sutini ichishardi. Jahon ularning oldiga 
borsa, gapga tutilib alahsib qolishdan cho‘chidi-da, yo‘lini boshqa tomonga burdi. Lekin 
Hayzuron otning jilovini chodirlar tomonga burdi. «Zirg‘om to‘g‘risida bulardan bir 
surishtirib ko‘rsak, shu yerlardan o‘tgan bo‘lsa, ular ko‘rishgan bo‘lsa ajab emas, daryo 
tomonga yursak, yo‘limiz ancha qisqararmidi deyman», — dedi. 
Uning bu fikri Jahonga ma’qul tushdi shekilli, u ham otining jilovini chodirlar tomonga 
burdi. Bularni ko‘rgan bolalardan biri Jahonning qiyofasidan «bu albatta biror amirning 
qizi bo‘lsa kerak», deb o‘yladi-da, mehmonlarni kutib olish kerakligini xabar qilish uchun 
chodirga, otasi tomonga yugurdi. 
Bolaning otasi — mo‘ysafid dehqon hassasiga tayanib kelarkan, Jahonga ko‘zi tushishi 
bilanoq uni tanidi. Bolalarini chaqirib: «Mehmonni otidan tushiringlar», — dedi. Lekin 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish