AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (AT) BUGUNGI KUNDA
Bugunga kunga kelib, sir emaski, axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas bir qismiga aylandi. Ushbu fenomenni inobatga olgan holda, har birimiz AT bo’yicha boshlang’ich bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishimiz kerak. Nimaiki soha bo’lmasin, hozirgi paytda u AT bilam chambarchas bog’liq desak, mubolag’a bo’lmaydi. Va yana shuni ta’kidlash kerakki, har qanday to’g’ri texnologiya ezgu niyatda ishlatilsa insonlarni turmush tarzini osonlashtirishga hizmat qiladi. Quyida texnologiya odamlarning turmush tarzini turli jabhalarda qanday o'zgartirganini bilib olishingiz mumkin.
Aloqa
Smartfonlarning hayotni o'zgartirganligining bir sababi shundaki, u odamlarga uzoqdagilar bilan erkin muloqot qilish imkoniyatini beradi. Odamlar bir-birlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar yuborishlari yoki yozishlari mumkin. Albatta, siz hali ham qo'ng'iroq qilishingiz mumkin, ammo endi sizda video chat uchun qo'shimcha imkoniyat mavjud, ya’ni, suhbatlashayotganda bir-biringizni ko'rishingiz mumkin1. Bu odamlarga boshqalar bilan jonli aloqada bo'lishga yordam berdi.
Ta’lim
Axborot texnologiyalarining ta’limdagi o’rni ham juda ulkan. Siz yerning istalgan nuqtasidan dunyoning eng nufuzli universitetlarining video darsliklarini ko’rib ilm o’rganishingiz mumkin.Har qanday yosh toifalari uchun mavjud bo’lgan darsliklar o’rganuvchi uchun ayni muddao bo’lib xizmat qiladi. Bu tendensiya, insonlarga vaqtni tejash imkoniyatini berdi. Eng qizig’i, darslarda o’z vaqtida qatnasha olmagan kishi, boshqa istalgan paytda ularni ko’rib chiqishi mumkin. Ya’ni, o’z ustida ishlamoqchi bo’lgan insonlarga hech qanday bahonaga o’rin qolmagan.
Ish
21-asrda, zamonaviy kasblarga bo’lgan talab kun sayin oshib bormoqda va ishining ustalariga hech qanday chegaralar yo’q. Siz O’zbekistondan turib eng rivojlangan davlatlarga, xalqaro korxonalarga o’zingizni AT xizmatlaringizni ko’rsatishingiz mumkin. Xizmatlarga grafik dizayn, raqamli marketing, dasturlash, matn tahrirlash, videomontaj va hokazo misollar keltirish mumkin. Bu kasblarning ustalari yaxshigina daromadga egalar.
Savdo
Savdo-sotiqda istemolchilar uchun katta imkoniyatlarni taqdim etayotgan korxonalarning shu darajaga yetishishlariga asosiy sabab, albatta – axborot texnologiyalari. Bunga ko’pchiligimiz guvohmiz. Bozorlik deysizmi, uyga jihozlar, kiyim-kechakmi – barchasini ilovalar va veb-saytlar orqali xarid qilishimiz mumkin va bu hali hammasi emas…
Texnologiyalar insoniyatga foyda keltirishda davom etmoqda va ulardan unumli tarzda foydalanish imkoniyati har birimizda mavjud.
Javohir Qosimov 30.04.2021
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 2- kurs talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: |