Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
Jahon esa o‘rnidan turib, «ikkala otni olib kel», deb xizmatchiga buyurdi va cholning 
yoniga yugurib borib: «Otajon, bizga qilgan g‘amxo‘rliklaringiz uchun juda 
minnatdorman, hozir zudlik bilan qaytishim zarur bo‘lib qoldi, nasib bo‘lsa, boshqa bir 
fursatda kelib, sizni ziyorat qilib ketaman», — dedi. 
Chol qizning bunday xushmuomala va kamtarligidan mamnun bo‘lib, malikaning qo‘lini 
o‘pdi. Jahon qo‘lini tortib olarkan, otaga biror narsa berish kerak, degandek Hayzuronga 
qaradi-da, yonidan to‘rt-besh oltin pul chiqarib, cholga uzatdi: 
— Bolalar uchun o‘yinchoq — o‘q-kamon olib berasiz.— Chol tashakkur aytib pulni oldi. 
Jahon va Hayzuron u bilan xayrlashgach, otga minib yo‘lga tushishdi. Firuz ham ularning 
izidan yurdi. 
Bir oz yo‘l yurgach, Jahon ko‘nglida g‘ashlik paydo bo‘lgandek bir uh tortdi-da, 
Hayzuronga qarab so‘radi: «Endi nima deysiz? Afshin Farg‘onada emish. Otamni ko‘rish 
uchun u albatta, hovlimizga keladi». 
— U otangni kelib ko‘rsa, sen nimaga tashvishlanasan?.. 
Jahon uning gapini bo‘ldi. 
— Men tashvish qilayotganim yo‘q, parvoyimga ham kelmaydi. Askarlari ham men 
uchun xavfli emas, lekin uning o‘zini ko‘rishga toqatim yo‘q va... — dedi-da, boshidagi 
ro‘molini tuzatib qaytadan o‘rab olish bahonasi bilan gapni boshqa yoqqa burdi. 
Hayzuron Jahonning xavfsirayotganini sezsa ham, o‘zini bilmaslikka solib: — Aqlli, dono 
qizim, hech kimdan, hech narsadan qo‘rqmaydi, daryo tomonga yurish niyatingdan 
qaytganing yo‘qdir-a? — dedi. 
Jahonga uning savoli qiziq tuyuldi. U yer tagidan qarab jilmayib qo‘ydi. Tili bilan 
aytolmasa ham, butun ko‘rinishi «Bo‘lmasam-chi?» deyayotganday edi. 
Yilqi to‘dasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lguniga qadar Jahon bilan Hayzuron unga tikilib borishdi. 
Ularning otlari yo‘rg‘alagancha yilqilar borayotgan tomonga emas, boshqa tomonga 
qarab borardi. 
Quyosh bota boshladi. Hayzuronga ochlik ta’sir qildi Jahon esa o‘z sevgilisi bilan 
uchrashish shavqida hamma narsani unutgandi. U churq etmay uzoq yo‘l bosdi. 
Ko‘nglidagi shirin xayollar borgan sari ulg‘ayib, ildiz otardi. Sevgilisi bilan yuzma-yuz 
kelishini ko‘z o‘ngiga keltirarkan, yuragi o‘ynab, «muhabbat irodamdan ustun 
chiqmaganda, bunday qaltis ishga jur’at etmasdim», derdi. 
Ko‘p vaqtlarda muhabbat va iroda kim yengishga o‘ynay-di-yu, muhabbat g‘olib 
chiqaveradi. Ba’zan iroda muhabbatdan ustunlik qiladi, lekin bu uzoqqa cho‘zilmaydi, 
mabodo cho‘zilib ketsa, muhabbatning yuzaki va tez so‘nuvchan ekanidan dalolat beradi. 
Muhabbat ahli odatda tiyran aqlli, tadbirli va donishmand kishilar bo‘ladi, lekin ular sevgi 
yo‘lida faqat aqli kam kishilar qiladigan ishlarni qilib yurishadi. Boshqalar uning xatti-
harakatidan hayron bo‘ladi, lekin uning o‘zi ulardan ko‘ra ko‘proq ajablanadi. Chunki aqli 
uning ishini nazorat qiladi, uni tanqid qiladi, uning og‘ir yo‘lga tushib qolganini 
ko‘rsatadi, lekin u bunday yo‘ldan qaytishni uddalay olmaydi. Chunki uning aqlli va 
donishmand qalbi muhabbat girdobiga qattiq o‘ralgan bo‘lib, ko‘ngil xohishiga xilof ish 
qilib qo‘ysa, sira bardosh berib bo‘lmaydigan darajada azoblanadi, jinni bo‘lib qolishi 
yoxud jonini taslim etib yuborishi ham hech gap bo‘lmaydi. Qanchadan-qancha oshiqlar 
aql bilan ko‘ngil o‘rtasidagi nizoning qurboni bo‘lishadi. Aqlli kishida sevgi paydo bo‘lsa, 
uning irodasi bilan xohishi o‘rtasida qattiq jang ketadi. Agar u nafsoniyatli, qalbi musaffo 
kishi bo‘lsa, o‘z izzat-nafsi va qalbi kuchiga suyanib, nafsi xohishiga qarshi kurashadi
mag‘lubiyatga uchrashdan qo‘rqmaydi. 
Jahonda aql ham, iroda ham zo‘r edi. Ayni vaqtda u jo‘shqin qalbli, chuqur hissiyotli qiz 
edi. Negaki u o‘z yorini chin qalbdan sevar, u bilan bir necha yildan beri hamgap bo‘lgan, 
uning muhabbati qizning ko‘nglidan mahkam joy olgan edi. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish