Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
degan gaping to‘g‘ri. U botirligi va g‘ayrat-shijoati bilan hozirdanoq soqchilar boshlig‘i 
lavozimini egallagan bo‘lsa, bir necha yillardan keyin juda ulug‘ martabalarga erishsa 
ajab emas. Islom davlati hali jangu jadal qilyapti, Zirg‘omdek yigit yana ham yuqoriroq 
martabalarga ko‘tarilishiga nima to‘sqinlik qilardi? 
Hayzuron dilidagi gapni aytgani uchun, Jahon behad xursand bo‘ldi-yu, ammo ketidan 
lekini chiqib qoldi: 
— Bu xatni olganimga bir necha oy bo‘ldi. Haligacha Zirg‘omdan darak yo‘q, bilmadim, 
ne hodisa yuz berdi ekan? 
Hayzuron: «Tashvishlanma, u albatta kelib qoladi, lekin...» dedi-yu, ko‘ngliga bir narsa 
kelgandek o‘ylanib, boshini quyi soldi. 
— Xo‘sh, oyijon, ayting, nima lekini bor, — dedi Jahon. 
— Lekini shuki, seni Zirg‘omga berishga otang rozilik bermasmikinlar deb qo‘rqaman. 
— To‘g‘ri, men bu gapni otamlarga aytganim yo‘q, lekin ishonchim komilki, u kishi 
Zirg‘omni yaxshi ko‘radilar, juda hurmat qiladilar. Undan keyin, men nimani istasam, 
otam unga qarshilik qilmaydilar. 
— Sayidam, janobi hokim Zirg‘omni yaxshi ko‘rishlarini, hurmatlashlarini yaxshi 
bilaman, lekin bu yerda boshqa bir gap bor. Shuni o‘ylab ko‘rdingmikin? — dedi 
Hayzuron. 
— Qanday gap ekan? — dedi avzoyi o‘zgarib Jahon. 
— Bilishimcha, Zirg‘om musulmon, sen bo‘lsang islom diniga kirgan emassan. U seni 
xotinlikka olishi qanday bo‘larkin? 
Jahon: 
— Men ham musulmon bo‘lsam nima qilibdi? Axir islom dini hozir davlat dini-ku, — dedi. 
— Otang, qavm-qarindoshlaring dinidan qanday qilib voz kecha olasan? 
— Bu din Zirg‘om bilan mening muhabbatimizga g‘ov bo‘ladigan bo‘lsa, men albatta, 
undan voz kechaman. Chunki men bu dunyoda ham, u dunyoda ham sevgilim qaerda 
bo‘lsa, o‘sha yerda bo‘lishni istayman. 
Jahon shunday deb jilmaydi. Uning ko‘zlaridan marjondek yosh oqib, yuziga tushdi. 
Gap cho‘zilib, ahvol og‘irlashganini sezgan Hayzuron Jahonni alahsitmoqchi bo‘lib, 
joyidan qo‘zg‘aldi va gapni boshqa tomonga burdi: 
— Kun alla-palla bo‘lib qoldi, sen bo‘lsang, hali ham ovga kirishganing yo‘q, otingni min, 
men ketingdan kuzatib yuraman. Kiyik ovlashdagi mahoratingni ko‘rib, bir tomosha 
qilay, qizim. 
* * * 
Jahon «otimni, kamon va o‘q yoylarimni olib kel» deganday qilib, otboqarga imladi. 
Keyin u qaerda ov yaxshi bo‘larkin deya mo‘ljallab tog‘ tomonga ko‘z yugurtirdi. Birdan 
yaqin yerdagi tosh ustida bir tog‘ takasi o‘ynoqlab yurganini ko‘rib qoldi. Ilgari bu yerda 
tog‘ takalarini hech ko‘rmagan edi. U shoshib, «Firuz, kamonni tez olib kel», deb 
otboqarga xitob qildi. 
Kamon qo‘liga tekkach, darrov uni o‘qladi-da, tog‘ takasini nishonga oldi. O‘qni otish 
oldida Jahon «agar shu o‘qni unga tekkiza olsam, Zirg‘omga yetishaman, u bilan tezda 
ko‘rishaman. Bordi-yu, o‘q tegmay qolsa, Zirg‘om bilan tezda uchrashishim qiyin 
bo‘ladi», deb ko‘ngliga tugib qo‘ydi. 
Taka esa hamon o‘sha tosh ustida bular tomon qarab turardi. Jahon o‘q uzdi. O‘q fazoda 
vizillab taka tomon uchib ketdi. 
Hayzuron esa o‘q borib yetmasdan taka qochib ketsa, nima bo‘ldi, degan xavotir bilan 
undan ko‘zini uzmay turardi. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish